Rossiya armiyasi yakshanba tunida Ukrainaning Nikopol shahriga dron orqali uyushtirgan hujumda 12 yoshli qiz va bir ayol halok bo‘ldi. 4 yoshli qiz va bir erkak shifoxonaga yotqizildi.
Bu haqda Dnepropetrovsk viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Sergey Lisak ma’lum qildi.
Dam olish kunlari Rossiya harbiylari Xarkovdagi ko‘p qavatli binoni bombalagani oqibatida kamida 21 kishi jarohatlangan.
22-sentyabr kechasi Zaporoje shahriga yo‘llangan zarba oqibatida esa 13 kishi jarohat olgan, turarjoylar talafot ko‘rgan.
Rossiya 2022-yil fevral oyidan buyon Ukraina shaharlariga muttasil bomba yog‘dirib keladi. Rossiya mudofaa vazirligi faqat harbiy nishonlarga zarba berayotganini iddao qiladi.
Tahlilchilarga ko‘ra, tinch aholi vakillari halok bo‘layotgani, fuqaroviy inshootlar vayron bo‘layotgani Moskvani ko‘p ham tashvishga solayotgani yo‘q.