Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:07

Sanepidqo‘mita: Maymunchechakning O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli kam


O‘zbekistonda aholining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjud. Bu iddao O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga tegishli.

Qo‘mita tomonidan 22-avgust kuni tarqatilgan bayonotda maymunchechakning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi ehtimoli juda kamligi, chunki kasallik qayd etilayotgan Yevropa mamlakatlarida bemorlar va muloqotda bo‘lganlarga nisbatan alohidalash choralari olib borilayotgani, epidemiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar esa to‘liq samara berayotgani qayd etilgan.

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 1980-yildan avval tug‘ilgan katta yoshdagilar chechak (xalq tilida chin chechak) kasalligiga qarshi to‘liq emlangan. Aynan shu qatlamda jamoaviy immunitet mavjud, boisi chin chechakka qarshi emlashdan keyin hosil bo‘lgan immunitet maymun chechagiga qarshi ham ishlaydi va kasallikning keng tarqalish xavfini pasaytiradi”, deyilgan qo‘mita bayonotida.

Maymunchechakning COVID-19 pandemiyasi darajasida global muammo tug‘dirmasligi urg‘ulangan xabarnomada ayni paytda kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida qator tavsiyalar ham berilgan.

Maymunchechak bo‘yicha epidemiologik holat yaxshi bo‘lmagan mamlakatlarga safar qilmay turish, ish yuzasidan xizmat safariga borilgan taqdirda ham yovvoyi hayvonlar va kemiruvchilar (maymunlar, kalamushlar) bilan muloqotda bo‘lmaslik, jamoat joylarida shaxsiy gigiyena tartibiga qat’iy rioya qilish, tana harorati ko‘tarilgan yoki toshmalar toshgan yo‘lovchilar bilan birga harakatlanishga to‘g‘ri kelganda imkon qadar ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqoblardan foydalanish hamda qo‘llarni zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berish va shu kabilar shular jumlasidandir.

XS
SM
MD
LG