Линклар

Шошилинч хабар
03 декабр 2023, Тошкент вақти: 06:00

Zepp Blatter: FIFA obro‘siga putur yetdi


Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Zepp Blatter korrupsiya bilan bog‘liq mojaro FIFA obro‘siga jiddiy putur yetkazgani, ammo tashkilot boshqaruvi ichida inqiroz yo‘qligini aytdi.

- Menimcha, FIFA hali ham kuchli. O‘ylaymanki, ichki muammolar hal bo‘ladi, - dedi Blatter kecha Syurixda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

FIFA rahbari, shuningdek, Qatar 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi bilan bog‘liq biron muammo ko‘rmayotgani va bu masala qayta ovozga qo‘yilishiga ham hojat yo‘qligini ta‘kidladi.

Avvalroq Qatar pora evaziga futbol chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgani haqida aytilib, bu qayta ovozga qo‘yilishi borasida takliflar ilgari surilgan edi.

Xalqaro futbol federatsiyasi tashkilotga prezidentni saylash 1 iyun kuniga belgilangan.

Prezidentlikka asosiy nomzod shvyeysariyalik Zepp Blatterdir.

Xalqaro futbol federatsiyasining bosh homiylari bo‘lgan “Adidas” va “Coca-cola” shirkatlari FIFA rahbariyati atrofidagi korrupsiya mojarosi yuzasidan tashvish bildirdi.

“Adidas” va “Coca-cola” futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga homiylik qilib keladi.
XS
SM
MD
LG