Линклар

Шошилинч хабар
27 январ 2022, Тошкент вақти: 22:54

Sergey Abashin: Rossiya matbuoti migrantofobiyani kuchaytirishga xizmat qilmoqda


Sergey Abashin, tarix fanlari doktori, Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti professori.

Rossiya Davlat dumasiga saylov arafasida mehnat migrantlari va migratsiya qonunchiligi rus mediasining asosiy mavzularidan biriga aylangan edi.

Migrantlar sonini kamaytirishga chaqiriqlar qaytadan yangradi, Moskva meri Sobyanin qurilishlarda “o‘zgacha sifatlarga ega odamlar ishlashi kerak”ligini aytdi.

Rossiya axborot makonida esa, migrantlarni ijtimoiy norozilik va asabiylik omili o‘laroq ko‘rsatish hanuz davom etmoqda.

Tarix fanlari doktori, Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti professori Sergey Abashin fikricha, migrantlar hamisha begona va xavfli odamlar o‘laroq tasavvur qilingan. Ular terrorizm, jinoyatchilik kabi so‘zlar bilan yonma-yon tilga olinadi, madaniy jihatdan yot va mahalliy aholi o‘rniga da’vogar sifatida ko‘riladi. Va ayni jihatlariga ko‘ra, migratsiya muammosi – global muammodir.

Aynan Rossiyadagi vaziyatga to‘xtalarkan, Abashin har bir muhim siyosiy voqea, xususan saylovlar arafasida migrantlar mavzusini qo‘zg‘ash Rossiya jamiyati uchun an’ana tusini olganini aytadi, shu bilan birga, keyingi paytlarda migrantlarni “olabo‘ji” qilib ko‘rsatish avjiga chiqayotganini urg‘ulaydi.

“Sentabrda saylov bo‘ldi. Har bir saylov oldidan migratsiya mavzusi ko‘p chaynaladi. 2013 - yilda o‘tkazilgan Moskva meri saylovida ham migratsiya – hukumat partiyalardan tortib muxolifatgacha, o‘nglardan so‘llargacha – barchaning saylovoldi dasturidagi asosiy bandlardan biri edi. Ammo so‘nggi ikki yilda bu fobiya yana ulg‘aymoqda. Bunga bir tomondan migratsiya bilan bog‘liq real ahvol, boshqa tarafdan OAV sabab bo‘lyapti: asosan hukumatga tegishli propagandachi matbuot odamlarning migrantlarga nisbatan umumiy salbiy munosabatini badtar kuchaytirmoqda”, deydi professor.

Abashinga ko‘ra, Rossiyaning katta shaharlarida va viloyatlarida migrantlarga munosabat bir xil emas. Asosiy migratsiya oqimi yirik shaharlarda to‘plangan va bu maishiy ksenofobiyani, maishiy fobiyalarni qo‘zg‘atadi. Viloyatlarda migrantlar kamligi uchun ularning aholi hayotiga ta’siri aytarli sezilmaydi.

“Ammo bu yerda real hayotdan boshqa virtual, informatsion va siyosiy hayot ham bor. Odamlarning migrantlar va migratsiyaga munosabatini ular o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kundalik voqea-hodisalar emas, televizor ham shakllantiryapti. Qaytaga TV, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot resurslari jamiyatning ushbu masala bo‘yicha fikri keskinlashishida muhim rol o‘ynamoqda”, deya xulosa qiladi Sergey Abashin.

"Мигрант бўлмаса, Россия ўтириб қолади" – Мигрантларсиз Россиянинг тақдири нима?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:14 0:00

XS
SM
MD
LG