Линклар

Шошилинч хабар
20 май 2024, Тошкент вақти: 08:38

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga safar qilmoqda


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan, Dushanbe, 2024-yil 18-apreli
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan, Dushanbe, 2024-yil 18-apreli

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mezbon prezident Emomali Rahmon kutib olgan.

“Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi va ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi. O‘zbekiston Prezidentini kutib olishda Tojikiston yoshlari va ijodiy jamoalari vakillari ham qatnashdi”, deyilgan xabarnomada.

Ozodlik avvalroq O‘zbekiston prezidenti 18-19-aprelь kunlari Tojikistonga safar qilishi haqida xabar bergan edi.

Dushanbe aeroportidagi kutib olish marosimidan keyin Shavkat Mirziyoyev “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ygan.

Qayd etilishicha, oliy darajadagi muzokaralarda ikki prezident O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishib, xalqaro va mintaqaviy darajadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashishadi.

Tashrif dasturidan, shuningdek, ikki mamlakat san’at ustalarining konsertini birgalikda tomosha qilish hamda “Made in Uzbekistan” mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish ham o‘rin olgan.

Davlat tashrifi doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar forumi, O‘zbekiston kinosi kunlari, ziyolilar, olimlar va tarixchilar konferensiyasi, milliy taomlar va turizm salohiyati festivali bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq Toshkent shahrida Rektorlar forumi va Dushanbe shahrida biznes forumi o‘tkazilgani xabar qilingan. Shuningdek, Mirziyoyev Tojikistonga bu galgi safari chog‘ida Dushanbedagi O‘zbekiston elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etishi aytilgan.

Мирзиёев падари юртига саёҳат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:50 0:00

O‘zbekiston prezidenti so‘nggi bor Tojikistonda o‘tgan yilning sentyabr oyida bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida qatnashgan edi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar prezident Islom Karimov hukmronligi yillari transchegaraviy daryolardan foydalanish bo‘yicha ixtiloflar sababli sovub ketgan edi. Natijada ikki mamlakat o‘rtasida havo va avtobus qatnovlari to‘xtagan, temir yo‘lning bir qismi demontaj qilingan va viza rejimi joriy etilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan keyin o‘zaro munosabatlarda iliqlashuv kuzatilgan. Xususan, ikki davlat prezidentlari bir necha marta o‘zaro tashriflarni amalga oshirishib, strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashgan, o‘zaro vizasiz rejim joriy etishib, tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olishgan.

XS
SM
MD
LG