Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:11

Shuncha odam ishsizmi? Xorazmda "Artel"ga ishga kirish uchun minglab odam to‘plandi (VIDEO)


Xorazmning Pitnak shahridagi "Artel" korxonasi oldida to‘plangan odamlar - 9 -fevral, 2021
Xorazmning Pitnak shahridagi "Artel" korxonasi oldida to‘plangan odamlar - 9 -fevral, 2021

9 - fevral kuni maishiy texnika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Artel" shirkatining Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani, Pitnak shahrida yangi qurilgan sho‘’ba korxonasiga ishga qabul e’lon qilingani haqida eshitgan minglab odam to‘plandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda korxona old maydoni va atrofi odamga to‘lgani va izdihom yuzaga kelganini ko‘rish mumkin.

Videoga berilgan izohlarda "Artel" korxonasi oldidagi taloto‘p ishga kirishni xohlovchi odamlar to‘planishi natijasida yuzaga kelgani aytilgan.

Telegram tarmog‘ida tarqalgan videoda kamera ortidagi ovoz: "Qarang, Xorazmda ahvolni. Mana "Artel" zavodi. Ishga kirmoqchi bo‘lgan odamlar mana. Hech kim kirolmayapti. Mana xalq. Bularga e’tibor qaratadigan odam yo‘q", deydi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, voqea 9 - fevral kuni bo‘lgan.

Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan pitnakliklardan biri korxona qarshisida 20 mingga yaqin odam to‘planganini aytadi:

Bo‘sh ish o‘rinlari uchun ishga qabul boshlangani haqida eshitib Hazorasp, Shovot, Bog‘ot, Xivadan ham odamlar keldi. Taloto‘p bo‘p ketdi. Bosqi ostida qolganlar bo‘ldi.

"Bo‘sh ish o‘rinlari uchun ishga qabul boshlangani haqida eshitib Hazorasp, Shovot, Bog‘ot, Xivadan ham odamlar keldi. Taloto‘p bo‘p ketdi. Bosqi ostida qolganlar bo‘ldi. Zavod berk edi, hech kim kirolgani ham yo‘q, kimdir u yerda chiqib uchrashgani ham yo‘q. Keyin Ichki ishlar va hokimlikdan odamlar keldi, bu yerda turganlaringni foydasi yo‘q, baribir shuncha odamni qabul qilmaydi, deyishdi. Keyin hamma tarqaldi, - deydi yigit.

Video zudlikda tarmoq foydalanuvchilari e’tiboriga tushdi. Ba’zilar ushbu video nafaqat Xorazm, balki butun mamlakatdagi ishsizlik vaziyatini ko‘rsatib berishi haqida yozgan.

"Artel" O‘zbekistonda maishiy texnika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi monopolist shirkat sanaladi.

Ozodlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar yuzasidan "Artel"ning Toshkentdagi markaziy idorasi rahbariyatidan izoh ololmadi.

"Artel" shirkatining Pitnakdagi korxonasida qancha ishchi o‘rni ochilgan va tanlov qachon va qanday shartlar bilan e’lon qilingan?

Bu savollarga ham javob olish imkoni bo‘lmadi.

Ishsizlik shu qadarmi?

Tuproqqal’a tumani hokimligi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda o‘zi doxil rasmiylar "Artel" oldiga to‘plangan odamlar bilan muloqot qilganini aytdi.

Bizda bilasiz, bir joyda bir narsa bo‘ldi, desa hamma yugurib boradi.

"Ishga qabul qilyapti, ekan deb biri-biridan eshitib kelgan. Birgina Pitnakdan emas, butun viloyatdan kelgan, Qoraqalpog‘istondan ham kelgan. Bizda bilasiz, bir joyda bir narsa bo‘ldi, desa hamma yugurib boradi. Ana shunday holat bo‘ldi. Biz ular yoniga bordik, uchrashdik. Lekin, bu "Artel" xususiy shirkat bo‘lgani uchun ular ishiga aralasholmaymizku, shuncha odamni ishga olasan yoki qabul qilasan, deb shart qo‘yolmaymizku. Kelgusida ochilishi rejalashtirilgan yangi ish o‘rinlariga qabul bo‘lsa, ma’lum qilamiz, deb hammasiga tushuntirildi, - dedi hokimlik mulozimi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda ishsizlik darajasi 13 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Xorazmlik bloger Sherzod Botirovga ko‘ra, Pitnakdagi taloto‘p ishsizlik ko‘lami rasmiy statistikadagidan ancha katta ekanini ko‘rsatadi.

"Hazorasp tumani, Tuproqqal‘a va Pitnak shahri Xorazmdagi ishsizlik eng ko‘p bo‘lgan joy. Shuni hisobga olib Pitnakda "Damas" zavodi ochildi. Bu bilan ham ishsizlik kamaymadi. Hozir mana, "Artel" ochilyapti, lekin qancha odamni bu korxona ish bilan ta’minlaydi, bilmaymiz. Lekin masshtabni ko‘ryapsiz, ahvol naqadar ekanini mana shu videodan bilib olsa bo‘ladi", - deydi xorazmlik bloger.

"Artel"da ishlashni hamma istaydi"

Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i muovini Murod Otajonov fikricha esa, Pitnakdagi hodisa viloyatdagi ishsizlik ko‘pligidan darak emas.

"Hamma yaxshiroq ishga kirgisi keladi. Hamma ko‘p oylik to‘lanadigan "Artel"da ishlashni istaydi. Bu yerda aynan shu narsa bo‘lyapti.

"Hamma yaxshiroq ishga kirgisi keladi. Hamma ko‘p oylik to‘lanadigan "Artel"da ishlashni istaydi. Bu yerda aynan shu narsa bo‘lyapti. Beton qorish yoki yer chopishni ko‘plar xohlamaydi, to‘g‘rimi? Shuning uchun bu tarqalgan videolardan Xorazmda ishsizlik shu qadar ko‘p ekan, degan xulosaga kelish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Lekin biz holatni o‘rganyapmiz,", - deydi Murod Otajonov.

O‘zbekistonda ish o‘rinlari yarmarkalari yoki ishga qabul jarayoni payti taloto‘p bo‘lishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q.

O‘tgan yil yozida Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi Tog‘-kon metallurgiya kombinatiga ishga qabul jarayonida pandemiyaga qaramay minglab odam to‘plangan edi.

Ishsizlar armiyasi

O‘tgan oy yoshlar bandligi mavzusidagi selektor majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishsizlik masalasida mas’ullarnitanqid qilar ekan:

"Bechora bolalar ishsiz yursa, men kabinetda qanday tinch o‘tiraman?, -degandi.

Mirziyoyev o‘z chiqishida mamlakatda 18-30 yosh oralig‘idagi fuqarolarning 17 foizi yoki 844 ming nafari ishsiz ekanini bildirgan.

U rasman qayd etilmagan ishsizlar soni bundan-da ko‘p ekanini ham ta’kidlagan.

"Masalan, Farg‘ona viloyatida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 703 ming fuqaroning 81 ming nafari ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan. Qayta hisob-kitoblardan so‘ng bu raqam yana 100 mingga ko‘paygan"

Mirziyoyev ishsiz yoshlarning rasmiy sonidagi bunday noaniqliklar boshqa hududlarda ham kuzatilayotganini qo‘shimcha qilgan.

XS
SM
MD
LG