Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:24

“So‘x voqeasi” ayblanuvchilariga 10 yilu 2 oygacha qamoq jazosi so‘raldi


2020 - yilning 31 - mayida o‘zbek-qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan insident paytida mahalliy aholi uchrashuvga kelgan Farg‘ona viloyatining o‘sha paytdagi hokimi Shuhrat G‘aniyevni toshbo‘ron qilgan edi.
2020 - yilning 31 - mayida o‘zbek-qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan insident paytida mahalliy aholi uchrashuvga kelgan Farg‘ona viloyatining o‘sha paytdagi hokimi Shuhrat G‘aniyevni toshbo‘ron qilgan edi.

16 - mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida o‘tgan yilning may oyida So‘x tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklarda ayblangan 22 kishi ustidan sudning hukmdan oldin so‘nggi majlisi bo‘ldi.

Mahkamada ishtirok etgan inson huquqi himoyachisi Bahodirxon Eliboyevning aytishicha, prokuror suddan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan 9 kishiga 10 yilu 2 oy, uy qamog‘ida saqlanayotgan 13 kishiga esa, 6 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi so‘ragan.

Advokat va ayblanuvchilar ularga qo‘yilayotgan ayblovlarni inkor qilgan.

Inson huquqi himoyachisi Bahodirxon Eliboyevning aytishicha, ayblanuvchilarni qo‘lga olish vaqtidan to sudgacha bo‘lgan holatlarida ham, ularni sud majlisida so‘roq qilish vaqtida ham O‘zbekiston JPKning bir qancha moddalari buzilgan:

“Dastlabki surishtiruv-tergov jarayonida tergovchi bo‘lgan Abdullayev Akmal ayni damda jabrlanuvchi bo‘lib ham ishtirok etishi bizningcha qonunga to‘g‘ri kelmaydi. Bu erda JPKning 76-moddasi buzilgan. Chunki jabrlanuvchi va tergovchi bitta shaxs bo‘lishi mumkin emas”.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:47 0:00
Бевосита линк

Eliboyevning aytishicha, tergov va sud jarayonida voyaga yetmagan shaxslarning ham huquqlari qo‘pol ravishda buzilgan:

“Sudlanuvchilar ichida 2 ta voyaga yetmagani bor. Oliy Sud Plenumining voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha qarorida "garchi u voyaga yetmaganlik vaqtida jinoyat qilib sud hukm qilishda voyaga yetgan bo‘lsa, voyaga yetmagan davri hisoblanib jazo tayinlanadi" deyilgan. Lekin prokuror balog‘atga yetgan odamga beriladigan jazoni so‘radi”.

Inson huquqi himoyachisiga ko‘ra, jabrlanuvchilar safida ro‘yxatda turgan Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev biror marta ham sudga kelib ko‘rsatma bermagan:

“15 tomdan iborat jinoyat ishida qayerida "aynan shular o‘t qo‘ygan" yoki "G‘aniyevni aynan shular urgan yoki qarshilik ko‘rsatgan" degan joyi yo‘qligi advokatlar tomonidan aytildi. Jinoyat ishining bironta joyida G‘aniyev so‘roq qilinmagan, yozma ravishda bironta hujjat yo‘q. Inson taqdiri haqida gap ketayotganda huquqiy jamiyatda gap kimdir haqida emas, Qonun ustuvorligi haqida borishi kerak. Hech bo‘lmaganda bironta hujjatda G‘aniyev bilan bo‘lgan so‘roq qayd qilinishi kerak edi”.

Eliboyev fikricha, ayblov xulosasi haddan ortiq bo‘rttirilgani sud majlisida ayon bo‘lgan:

“Ayblov xulosasida "188 nafar fuqaroga tan jarohati yetkazilgan" deyilgan. Qiziq savol: 22 kishi 188 ta odamga tan jarohati yetkazishiga ishonishga harakat qilishimiz kerak. Hech qanday qurolsiz 22 kishi 188 ta odamni yarador qilgan. Ertaga tarix bizni qanday qabul qiladi? Axir bu yerda jabrlanganlar ham, sudlanuvchilar ham "toshni qirg‘iz tomon otgan" deb turibdiku”.

Sud majlisida so‘nggi so‘z olgan ayblanuvchilarning aksariyati, huquq faoliga ko‘ra, o‘z aybiga iqror bo‘lmagan va ularga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilganini aytishgan:

“Ular sud jarayoni davomida ularga nisbatan qiynoqlar, kaltaklash bo‘lganini aytib kelishgan. So‘nggi so‘zida esa ular, “qirg‘iz tomon O‘zbekiston hududiga kirib kelayotganida biz ularga e’tiroz bildirib, ularni to‘xtatdik. Ular bizga tosh otishdi, uylarimizni yoqishdi va biz ularga qarshilik qildik. Agar shu narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, biz pushaymonmiz. Agar to‘g‘ri bo‘lsa biz pushaymon emasmiz”, deyishdi.

Sudning hukmi qachon e’lon qilinishi hozircha Ozodlikka ma’lum emas.

"So‘x voqealari" ishi bo‘yicha ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarish hamda hokimiyat vakiliga faol qarshilik ko‘rsatishda ayblanib, 22 nafar shaxs javobgarlikka tortilgandi.

Mazkur ish bo‘yicha mahkama Farg‘ona viloyat sudida o‘tgan yilning 9 - noyabrida ochilgan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 2020 - yilning 31 - may kuni Farg‘ona viloyatining So‘x tumani Chashma qishlog‘ida Qirg‘iziston fuqarolari bilan suv masalasidagi mojaro kelib chiqqan.

Mahalliy nashrga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida 9 shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 shaxsga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

XS
SM
MD
LG