Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:02

“Sputnik V” bilan emlangan Putin o‘zini yakkalashga o‘tdi. Atrofidagilar kovid yuqtirgan - Kreml


Prezident Putin Moskva tashqarisidagi Novo-Ogaryovo rezidensiyasida-22 - mart, 202
Prezident Putin Moskva tashqarisidagi Novo-Ogaryovo rezidensiyasida-22 - mart, 202

Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofidagilar orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlangani sababli o‘zini yakkalashga o‘tdi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilingan.

Kremlning matbuot kotibi Dmitriy Peskov aniqlik kiritishicha, Putin sog‘lom, uning koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqan. Ammo Putinning bevosita ishtirokida tadbirlar o‘tkazish “ma’lum bir vaqtga” to‘xtatib turiladi.

Yaqinda Putin paralampiadachi sportchilar bilan muloqoti chog‘ida tez orada karantinga ketishi mumkinligini eslatib o‘tgan edi.

Biroq shundan so‘ng, atigi bir necha daqiqa o‘tib Kremlning matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident shunchaki fikrini “obrazli” ifodalaganini aytdi.

Putin 15 - oktabr kuni Dushanbeda ochiladigan KXShT va ShHT sammitlariga kelmasligi allaqachon ma’lum bo‘ldi. Rossiya prezidenti bu tadbirlarda masofadan ishtirok etadi.

Shu yilning bahorida Putin Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksina bilan emlanganini e’lon qilgan edi (keyinroq u “Sputnik V” preparatini nazarda tutganini aniqlashtirgan). Ammo Putin bilan yuzma-yuz uchrashajak odamlarni karantinda saqlash amaliyotidan hech qachon voz kechilgan emas.

Kecha oqshom Rossiya rahbari Moskvada Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi.

O‘tgan bahorda, epidemiyaning birinchi to‘lqini chog‘ida Rossiya prezidenti bir necha oy ommaviy tadbirlarda deyarli ishtirok etmagan, masofadan ishlashga o‘tgandi. Lekin o‘shanda Putinning karantinda ekanligi rasman qayd etilmagan.

Putinga yaqin odamlardan aynan kim koronavirus yuqtirgani xabar qilinmayapti.

19 - sentabr kuni Rossiyada Davlat Dumasiga saylovlar o‘tkaziladi. Avvalroq prezident ovoz berishda ishtirok etish niyatida ekanligi ma’lum qilingan edi.

XS
SM
MD
LG