Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:49

Surxondaryodan Qoraqalpog‘istongacha: O‘zbekiston bo‘ylab 2500 kilometrlik sayohat (FOTOREPORTAJ)


Surxondaryo ko‘chalarida munkillab ketayotgan sovet yuk mashinasi.
Surxondaryo ko‘chalarida munkillab ketayotgan sovet yuk mashinasi.

Markaziy Osiyoning eng taniqli fotosuratchilari va madaniy sharhlovchilaridan biri bo‘lmish Anzor Buxarskiy O‘zbekiston bo‘ylab 2 500 kilometrga sayohat qilib, mamlakatning turli burchaklarida kundalik hayot aks etgan tasvirlarni oldi.

Afg‘onistonga yaqin joylashgan Minor shahrida ikki qizaloq 900 yil oldin qurilgan minora yaqinida yurib ketmoqda.
Afg‘onistonga yaqin joylashgan Minor shahrida ikki qizaloq 900 yil oldin qurilgan minora yaqinida yurib ketmoqda.
Xivada jazirama issiqda hovlisida hordiq chiqarayotgan kishi.
Xivada jazirama issiqda hovlisida hordiq chiqarayotgan kishi.
Qoraqalpog‘iston cho‘lidagi arg‘imchoqlar
Qoraqalpog‘iston cho‘lidagi arg‘imchoqlar

Buxorolik suratchi o‘zining rang-barang fotosuratlari va o‘zbek madaniyati borasidagi sharhlari bilan tanilgan.

Buxarskiy Rossiyadan kelgan ikki do‘stini O‘zbekistonning sayyohlar nazaridan chetda qoladigan burchaklariga olib borgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiylari zo‘r berib turistlar ko‘p tashrif buyuradigan joylarda “hamma narsani yangi g‘isht va plitkalar bilan obodonlashtirmoqda va axlat qutilari va politsiya kabinalarini o‘rnatmoqda”.

Qoraqalpog‘istonda dunyodagi sanoqli “sukunat minoralari”dan biri saqlanib qolgan.
Qoraqalpog‘istonda dunyodagi sanoqli “sukunat minoralari”dan biri saqlanib qolgan.

Ushbu 2000 yillik inshootdan zardo‘shtiylar murdalarni er, olov yoki suv kabi muqaddas elementlarni bulg‘amasdan yo‘q qilish maqsadida foydalanishgan. Jasadlarni ushbu minoraning tepasida qoldirishgan. Jazirama issiq va o‘laksaxo‘r qushlar murdani yo‘q qilgan. Qolgan suyaklar idishga solinib, ko‘milgan.

Sukunat minorasiga qarab ketayotgan ikki o‘zbek ayol.
Sukunat minorasiga qarab ketayotgan ikki o‘zbek ayol.
Urgutdagi gavjum bozor.
Urgutdagi gavjum bozor.

“Har safar O‘zbekistonning biron bir shahriga borganimda imkon qadar tezroq bozorga borishga harakat qilaman”, - dedi Buxarskiy.

“O‘z koloritiga ega va ochiq havoda savdo qilinadigan bozorlar o‘zbek xalqining faxridir. Bunday bozorlar adabiyot, rassomlar asarlari va kinoda minglab marotaba tasvirlangan”.

“Achinarlisi shundaki, yaqinda, 2017 - yildan boshlab, o‘zbek bozorlariga haqiqiy urush e’lon qilindi. Ularni yer bilan yakson qilib, o‘rniga zamonaviy gipermarketlar qurilmoqda. Butun madaniy meros qatlami yo‘qolib bormoqda. Uning o‘rni hech qachon to‘ldirilmasligidan qo‘rqaman”.

Iliq kechada ko‘chada o‘ynayotgan xivalik bolalar.
Iliq kechada ko‘chada o‘ynayotgan xivalik bolalar.
Surxondaryo ko‘chalarida munkillab ketayotgan sovet yuk mashinasi.
Surxondaryo ko‘chalarida munkillab ketayotgan sovet yuk mashinasi.

Buxarskiy O‘zbekistonning eng ko‘rkam tog‘lari Surxondaryoda, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Surxondaryoda “chindan yengil nafas olish mumkin”.

Xiva bozoridagi qizaloq.
Xiva bozoridagi qizaloq.

Buxarskiyning aytishicha, Xivadagi eski bozor ko‘rkam shahar devorlari tagida joylashgan bo‘lgan, ammo yaqinda “shahar ma’murlari savdogarlar chet ellik mehmonlar oldida zamonaviy O‘zbekistonni uyatga qo‘yadi, degan qarorga kelgan. Shuning uchun bozor shaharning boshqa qismiga, sayyohlar nazaridan nariroqqa ko‘chirilgan”.

Boysundagi darvozasi yopiq bozor.
Boysundagi darvozasi yopiq bozor.

“Bozorlarni buzish to‘lqini hattoki Surxondaryoga ham yetib bordi. Boysun shahridagi mashhur eski bozorga borganimizda “uni zamonaviyroq va chiroyliroq qilish uchun” shaharning boshqa qismiga ko‘chirishayotgani sababli bozor yopiq ekaniga guvoh bo‘ldik”.

Xivalik qo‘g‘irchoq teatri artisti.
Xivalik qo‘g‘irchoq teatri artisti.
Xivalik qiz.
Xivalik qiz.
Buxoro va Xiva o‘rtasidagi yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan tuproq to‘siqlari.
Buxoro va Xiva o‘rtasidagi yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan tuproq to‘siqlari.

Buxarskiy cho‘lda qum doim harakatda ekanini, yo‘llar ko‘milib qolmasligi uchun bir necha metr balandlikdagi mana shunday to‘siqlar qurilganini aytdi.

Xivada Kalta Minor tagida kuy chalayotgan harbiy orkestr.
Xivada Kalta Minor tagida kuy chalayotgan harbiy orkestr.

“Istalgan ta’til paytida O‘zbekiston shaharlari ko‘chalarida ko‘p sonli forma kiygan odamlarni ko‘rasiz: politsiya, harbiylar, milliy gvardiya va boshqalar”, - deydi Buxarskiy.

“Bu sayyohlarni hayratga soladi va ular ko‘pincha xavfsizlikka biror tahdid bormi, deb so‘rashadi”.

Xivalik odam Ichan qal’a oldida qo‘chqorini yetaklab ketmoqda.
Xivalik odam Ichan qal’a oldida qo‘chqorini yetaklab ketmoqda.
Uyi oldida qurilish ishlari olib borilayotgan shaxs.
Uyi oldida qurilish ishlari olib borilayotgan shaxs.

Buxarskiy Ozodlikka bergan intervyusida:

“O‘zbekistonning eski shaharlarida, YUNESKO tomonidan muhofaza qilinadigan hududlar ichida doimiy ravishda qandaydir ta’mirlash yoki qurish ishlari olib borilayotgani tashvishga soladi”, - dedi.

Qoraqalpog‘iston cho‘lida tuyaboqarlarga qarashli o‘tovlar.
Qoraqalpog‘iston cho‘lida tuyaboqarlarga qarashli o‘tovlar.
Samarqandga kiraverishdagi ulkan tarvuz haykali. Shirin-shakar tarvuzlar O‘zbekiston uchun muhim eksport mahsulotiga aylanib bormoqda.
Samarqandga kiraverishdagi ulkan tarvuz haykali. Shirin-shakar tarvuzlar O‘zbekiston uchun muhim eksport mahsulotiga aylanib bormoqda.

Buxarskiy 12 kunga cho‘zilgan sayohati yakunida bir necha narsani bilib olganini, shu jumladan, asosiy magistrallardan uzoqda O‘zbekiston yo‘llari “avtomobilda yurishga yaroqsiz – yo‘llar yadro urushi bo‘lib o‘tganiga o‘xshashini” bilib olganini aytdi.

Fotosuratchi minglab kilometrga cho‘zilgan sayohatdan keyin dunyoda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Buxorodan “yaxshiroq shahar yo‘qligiga” amin bo‘lganini qo‘shicha qildi.

XS
SM
MD
LG