Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 04:06

"Tanlashga majbur emassiz". Devid Kemeron Rossiya bosqini va Markaziy Osiyodagi raqobat haqida


Bu Devid Kemeronning Britaniya tashqi ishlar vaziri sifatida Markaziy Osiyo davlatlariga birinchi tashrifi. Bishkek, 22-aprel, 2024
Bu Devid Kemeronning Britaniya tashqi ishlar vaziri sifatida Markaziy Osiyo davlatlariga birinchi tashrifi. Bishkek, 22-aprel, 2024

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo bo‘ylab diplomatik safari doirasida 23-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Toshkentda u o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzolagan.

Kemeronning ayni paytda qisqa muddatli mehnat ta’tilida bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashish-uchrashmasligi haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Bu Britaniya tashqi ishlar vazirining so‘nggi 27 yil ichida Toshkentga ilk safaridir. Kemerondan avval O‘zbekistonga 1997-yil fevralida o‘sha paytda Britaniya TIV rahbari bo‘lgan Malkolm Rifkind tashrif buyurgan edi.

O‘zbekistonga tashrifi arafasida Bishkekda bo‘lgan Kemeron Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga bergan intervyusida prezident Sadir Japarov bilan mamlakatda matbuot erkinligi yomonlashgani hamda Rossiyaning Ukrainaga «noqonuniy bostirib kirishi» haqida gaplashganini aytgan.

Ozodlik: Lord Kemeron, Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi bilan suhbatlashishga vaqt ajratganingiz uchun tashakkur.

Devid Kemeron: Mamnuniyat bilan. Safarimdan juda xursandman.

Ozodlik: Bu sizning Britaniya tashqi ishlar vaziri sifatida Qirg‘iziston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlariga birinchi tashrifingiz. Siz 11 yil avval Britaniyaning Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan birinchi amaldagi Bosh vaziri bo‘lgan edingiz. Ushbu tashrif davomida nimalarga erishmoqchisiz?

Devid Kemeron: Menimcha, mushtarak manfaatlarimiz bor. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda umumiy manfaatlarga egamiz. Bu sohada birgalikda ishlashimiz, yashil energiyaga sarmoya kiritishimiz mumkin. O‘ylaymanki, savdo va ishbilarmonlik aloqalarimizni, ish o‘rinlarini ko‘paytirishdan manfaatdormiz. Biz ushbu xavfli, ziddiyatli va ko‘pincha zo‘ravon dunyoda xavfsizlik masalalarini hal qilishdan ham manfaatdormiz. Ta’lim sohasida ham o‘z qiziqishlarimiz bor.

Qirg‘izistonda ta’limga katta sarmoya kirityapsiz. Biz ingliz tilining ahamiyatiga qattiq ishonamiz va buni targ‘ib qilishni istaymiz. Kun tartibida ko‘p masalalar bor. Shuni aytmoqchiman: qarang, bu raqobatga, tortishuvga to‘la dunyo, yirik davlatlar bu bilan hamkorlik qil, unisi bilan qilma, deb uqtirishga harakat qilmoqda.

Tanlashga majbur emassiz, deymiz. Biz boshqa hamkorlaringizni rad qiling, deb aytmaymiz. Biz siz bilan hamkorlik qilishni istaymiz, manfaatlarimiz mushtarak yangi hamkor ekanligimizni va birgalikda muvaffaqiyatga erishishimiz mumkinligini aytamiz.

Ozodlik: Katta davlatlar haqida gapirsak, siz Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan urushi fonmanzarasida mintaqaga tashrif buyuryapsiz. Bilamizki, Rossiya mintaqada ham iqtisodiy, ham siyosiy ta’sirini saqlab qoladi. Rossiyaning Ukrainadagi urushi haqida gap ketganda mintaqa haqida nima deysiz? Markaziy Osiyo davlatlaridan nima kutyapsiz?

Devid Kemeron: Biz Rossiyaning Ukrainaga qilgan tajovuzini noto‘g‘ri deb hisoblaymiz, chunki Ukraina mustaqil davlat, mustaqil suveren davlat, xuddi siz Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lganingiz kabi. Darhaqiqat, 1991-yilgi referendumda Ukrainadagi har bir viloyat, jumladan, Qrim va Donbass ham uning mustaqilligi uchun ovoz bergan edi.

Shuning uchun biz Rossiyaning noqonuniy bosqiniga qarshimiz va Ukrainadagi do‘stlarimizga yordam beramiz. Ammo, menimcha, suverenitetning ahamiyati, chegaralar muhimligi, bularni hurmat qilish muhimligi haqida har kim uchun xabar bor va menimcha, bu odamlar eshitishni xohlaydigan xabar. Odamlar buni tinglashni istaydi.

Ozodlik: Bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, Buyuk Britaniyada joylashgan tashkilotlar Qirg‘iziston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida matbuot erkinligi yomonlashgani va fuqarolik jamiyati imkoniyati qisqarib borayotganidan xavotir bildirishmoqda. Prezident Japarov bilan uchrashuvlaringizda shu masalalarni ko‘tardingizmi, bu borada qandaydir fikr-mulohazalaringiz bormi?

Devid Kemeron: Ha, ko‘tardik. Siz bizdan kutgan barcha masalalarni, jumladan, mamlakatlarimiz uchun sog‘lom va ishlaydigan demokratiya muhimligini muhokama qildik. Jamoat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ahamiyati haqida gapirdik.

Ular davlatlarimiz, demokratik davlatlarimizning bir qismidir. Albatta, bir-birimizning farqimizni va bir-birimizning yondashuvimizni hurmat qilishimiz kerak, ularning demokratiyamizda o‘z o‘rni ham bor. Ular demokratiyalarimizni yanada yaxshilashda rol o‘ynashi kerak va biz Buyuk Britaniyada ana shunday yondashuvni qo‘llaymiz.

"Ноллаштириш" олдидан: Мирзиёев Германияга сафар қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:31 0:00

Ozodlik: Markaziy Osiyoga tashrifingizdan oldin Isroilga tashrif buyurdingiz va Markaziy Osiyo davlatlari Yaqin Sharqda mojaro avj olishidan qo‘rqib, vazminlikka chaqirmoqda. Buyuk Britaniya G‘azodagi bu mojaro, G‘azodagi urush va umuman mintaqadagi mojaroning oxirini qanday ko‘radi?

Devid Kemeron: Biz harbiy harakatlar to‘xtatilishini xohlaymiz. Bu juda muhim. Biz G‘azoga yordam yetkazamiz va HAMASdan garovga olinganlarni ozod qilamiz.

HAMAS hozir ularni garovda ushlab turibdi. Ular qariyb 200 kundan beri asirlikda va buni o‘zgartirish kerak. Xullas, bizning chorlovimiz shuki: keling, urushdan tanaffus qilaylik.

Keling, garovdagilarni ozod qilaylik. Keling, buni barqaror sulhga aylantiraylik va urush muammosini hal qilaylik, Isroilda ham shuni muhokama qildim.

Ozodlik: Katta rahmat, lord Kemeron. Vaqt ajratganingiz uchun tashakkur.

XS
SM
MD
LG