Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 09:50

Tbilisida politsiya namoyishchilarga qarshi suvotarlarni ishga soldi


Gruziyada politsiya maxsus topshiriqlar bajaruvchi otryadi poytaxt markazidagi parlament binosi oldida norozilik aksiyasi o‘tkazayotganlarga qarshi suvotarlarni ishga solgan. Bunga oid videolar guvohlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylangan. IIV vakillari parlament binosi hududidan turib norozilarga qarata tosh otishdi, deya xabar qildi Ozodlikning “Exo Kavkaza” loyihasi.

Hukumatning Yevropa Ittifoqiga integratsiyasini to‘xtatib qo‘yish qaroriga qarshi chiqayotgan namoyishchilar Tbilisi markazidagi Rustaveli va Kostava shohko‘chalarini to‘sib qo‘yishgan. Politsiya ularga qarshi rezina o‘qlar qo‘llagani aytilmoqda.

Norolik aksiyalarini dastaklagan mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining qarorgohida muxolifat va fuqaroviy sektor vakillarining birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvi bo‘lib o‘tgan. Keyinroq Zurabishvili Yevropa Ittifoqi rahbariyati bilan muloqot qilgan.

Gruziya prezidenti “Konstitutsiyaviy sudga bosim”ni rejalayotganini bildirgan. Avvalroq u 26-oktyabrdagi parlament saylovi natijalarini bekor qilish talabi bilan ariza topshirgan edi. U saylovni yangitdan o‘tkazish zarur, deb hisoblaydi.

Norozilik namoyishlari Tbilisidan tashqari Batumi, Kutaisi, Poti va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida o‘tkazilgan. Yig‘ilganlar parlament saylovini qayta o‘tkazib, yaqinda tuzilgan hukumat iste’fosini talab qilishgan. Yangi hukumat 28-noyabr kuni Yevropa Ittifoqigi kirish bo‘yicha muzokaralar 4 yilga muzlatilishini e’lon qilgan edi. Bu qaror Yevroparlament tomonidan Gruziyadagi parlament saylovi natijalarini tan olmaslik bildirilgan rezolyutsiya qabul qilinishi ortidanoq e’lon qilingan.

Gruziyada politsiya namoyishchilarga qarshi avval ham kuch qo‘llagan. Xabarlarga muvofiq, o‘tgan uch kun ichida 200 dan ziyod norozi politsiya vakillari tomonidan tutib ketilgan.

XS
SM
MD
LG