Линклар

Шошилинч хабар
09 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:12

To‘qqizta viloyat aholisi haftalik sel xavfidan ogohlantirildi


O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga kelgan sel oqibati (arxiv surati)
O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga kelgan sel oqibati (arxiv surati)

Joriy yilning 16-22-may kunlari kutilayotgan kuchli yog‘in-sochin tufayli O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi rahbari Sherzod Habibullayev Facebook tarmog‘idagi o‘z sahifasi orqali ma’lum qildi.

O‘zgidromet rahbariga ko‘ra, sel hodisalari mamlakatning 9 viloyati hududida, shu jumladan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Ko‘kdala, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida, Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida, Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida, Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida kuzatilishi ehtimoli bor.

Xabarnomada tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholidan hamda bu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan toshqin ehtimoliga qarshi ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Bu yil bahor mavsumida O‘zbekistonning janubiy viloyatlari doxil Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar sel-toshqin hodisalaridan sezilarli zarar ko‘rdi. Tabiiy ofatlar oqibatida Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarida bir necha kishi qurbon bo‘lgani ma’lum.

XS
SM
MD
LG