Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:50

Tog‘li Qorabog‘: Armaniston muxolifati bosh vazir Pashinyan bilan uchrashuv talab qilmoqda


Tog‘li Qorabog‘: Etnik arman askarlari - 8 - noyabr, 2020
Tog‘li Qorabog‘: Etnik arman askarlari - 8 - noyabr, 2020

Armaniston parlamentidagi ikki muxolifat fraksiyasi Tog‘li Qorabog‘ mintaqasida davom etayotgan janglarni muhokama qilish uchun bosh vazir Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazish talabini yana bir bor takrorladi.

Armaniston va Ozarbayjon bo‘lginchi Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahri maqomi haqida bir-biriga zid ma’lumotlarni tarqatar ekan, «Obod Armaniston» partiyasi yetakchisi Gagik Sarukyan hamda «Porloq Armaniston» partiyasi yetakchisi Edmon Marukyan Pashinyan bilan uchrashishni talab qilmoqda.

Sarukyan va Marukyan qo‘shma bayonot e’lon qilib, Pashinyanga oktabr oyida Armaniston Xavfsizlik kengashi hamda muxolifatchi deputatlar ishtirokida shoshilinch uchrashuv o‘tkazishni so‘raganlarini eslatdilar.

Тоғли Қорабоғ: Ўзбекистон можаронинг қайси томонида?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00

Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu iltimosga Pashinyan rasmiy javob qaytarmagan.

«Arsaxda (Tog‘li Qorabog‘ning armancha nomi – tahr.) janglar davom etayotganini hisobga olib, parlamentdagi muxolifat fraksiyalari bilan zudlik bilan uchrashishni talab qilib bosh vazirga yana bir bor murojaat qilamiz», deyiladi bildiruvda.

8 - noyabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘dagi ikkinchi yirik shahar – Shushani qo‘lga kiritganini e’lon qilgan edi. Rasmiy Yerevan bu iddaoni hali tasdiqlagani yo‘q.

Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan 9 - noyabr kuni ertalab Shushada janglar davom etganini bildirdi.

Shusha shahri Qorli Qorabog‘ poytaxti Stepanakert shahrini Armanistonning asosiy hududi bilan bog‘lovchi yo‘lda joylashgan.

Tog‘li Qorabog‘ning amaldagi etnik arman yetakchisi Araik Arutyunyan Facebookda Stepanakertni himoya qilayotgan harbiy pozitsiyalarni ko‘zdan kechirganini aytib, «bir kundan ko‘proq vaqt davomida Shushidan (shaharning armancha nomi - tahr.) poytaxtga hujum qilgan dushman qaroqchilariga qarshilik ko‘rsatgan» etnik arman kuchlarini olqishladi.

Tog‘li Qorabog‘ning amaldagi Mudofaa vazirligi yana 44 nafar askari nobud bo‘lganini bildirdi. Bu bilan 27 - sentabrda harbiy to‘qnashuvlar boshlanib ketganidan beri halok bo‘lgan arman harbiylari soni 1 221 ga yetdi.

Ozarbayjon harbiy yo‘qotishlarini ochiqlagani yo‘q.

Tog‘li Qorabog‘ 1994 - yilda Ozarbayjon va Armaniston qonli urushni to‘xtatishga kelishib olganidan buyon eng shiddatli to‘qnashuvlarga sahna bo‘lmoqda.

Hudud 1988–1994 - yillardagi urushdan keyin o‘zini Ozarbayjondan mustaqil deb e’lon qilgan. O‘shandan beri uni etnik arman qo‘shinlari boshqarib keladi.

XS
SM
MD
LG