Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:05

Tog‘li Qorabog‘: Chegara osha savdo o‘rnini nafrat va qo‘rquv egalladi


Etnik arman askari Tog‘li Qorabog‘ning yangi chegarasida - 25 - noyabr, 2020
Etnik arman askari Tog‘li Qorabog‘ning yangi chegarasida - 25 - noyabr, 2020

2020 - yilning 27 - sentabrida Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida boshlangan harbiy to‘qnashuvlar 44 kun davom etdi. Urushda Boku Tog‘li Qorabog‘ning yirik hududi va unga tutash tumanlar ustidan nazoratni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

10 - noyabr kuni Moskva vositachiligida otashkesim kelishuviga erishilishi ortidan Armaniston va Ozarbayjon chegarasini rasman belgilash jarayoni boshlandi. Otashkesim shartlariga binoan, ko‘plab qishloqlar Boku tasarrufiga topshirildi. Bu holat mintaqada shusiz ham murakkab bo‘lgan savdo aloqalarini yanada murakkablashtirdi.

Vaziyat tang bo‘lgani uchun ozarbayjonlar va armanlar bir-biri bilan yashirincha savdo qilayotgani va barter qilayotgani aytilmoqda.

Тоғли Қорабоғ: Арманлар ҳудудни тарк этишдан олдин уйларини барбод қилар экан, озарбайжонлар ватанларига қайтишга ҳозирланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:12 0:00

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar izga tusha boshlaganidan keyin o‘zaro savdo aloqalari tiklanishini kutish mumkin.

Tog‘li Qorabog‘da sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda Turkiya Ozarbayjonni yaqindan qo‘lladi. Turkiya Yerevan xalqaro miqyosda Ozarbayjon hududi o‘laroq tan olingan Tog‘li Qorabog‘ni 1990 - yillardagi urushda bosib olgani uchun Armanistonga qarshi savdo embargosini joriy qilgan.

Turkiya – Armaniston aloqalari normallashiga ikki davlat o‘rtasida bir asrdan beri davom etayotgan adovat sababchidir. Yerevan Birinchi jahon urushi davomida Usmonli turklari 1,5 millionga yaqin etnik armanni o‘ldirgani yoki surgun qilganini da’vo qilib keladi. Armaniston hamda boshqa bir necha davlat hukumatlari va parlamentlari 1915 - yilda sodir bo‘lgan voqealarni batafsil hujjatlashtirilgan armanlar qirg‘ini – genotsid, deb ataydi. Turkiya esa bu atama noto‘g‘ri ekanligini aytib, Birinchi jahon urushi davrida Usmonlilar imperiyasi duch kelgan muammolarga urg‘u berib, ularda «barcha din va millat vakillari halok bo‘lgani»ni ta’kidlab keladi.

Turkiya bilan murakkab munosabatlar tufayli Armaniston yer transporti yordamida faqat ikki davlat – Gruziya va Eron orqali mahsulotlarni import va eksport qiladi.

Bokuni Turkiya bilan bog‘laydigan tranzit yo‘nalishlari Armanistonni chetlab o‘tadi. Masalan, Xitoyning «Bir kamar, bir yo‘l» (Belt and Road Initiative ) loyihasi hamda Trans-Anatoliya tabiiy gaz quvuri Gruziya orqali o‘tadi.

Bundan qariyb o‘n yil oldin Minsk guruhi tarkibida Qorabog‘ mojarosiga yechim topish uchun vositachilik qilgan amerikalik sobiq elchi Metyu Brayzaning aytishicha, noyabrda imzolangan tinchlik bitimi Kavkaz bo‘ylab iqtisodiy o‘sishga zamin yaratishga qodir.

Ayni damda Istanbulda yashayotgan Brayza Ozodlik bilan suhbatda Ozarbayjon Qorabog‘ va uning atrofidagi hududlarni qaytib olgani Yerevan Turkiya va Ozarbayjon bilan savdo aloqalarini tiklashi uchun yo‘l ochib berishi mumkinligini aytdi.

Atlantic Council tahlil markazi uchun yozgan maqolasida Brayza tinchlik shartnomasi «dunyodagi eng uzoq davom etgan mojarolarning birini tugatibgina qolmay, mintaqa bo‘ylab tinchlik, farovonlik va barqarorlikni tiklashga qodir bo‘lgan boshqa diplomatik va iqtisodiy kelishuvlarga yo‘l ochishi mumkinligi» haqida yozdi.

11 - yanvar kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Moskvada prezident Vladimir Putin bilan uchrashib, Rossiya vositachiligida imzolangan kelishuvda hal qilinmagan masalalarni, shu jumladan, temir yo‘l, avtomobil yo‘llari va kommunikatsiya aloqalarini tiklash masalalarini muhokama qildilar.

Ular e’lon qilgan loyihalardan biri Sovet Ittifoqi davrida Yerevanni Rossiyaga bog‘lab turgan temir yo‘l liniyasini tiklashni ko‘zlaydi. Ushbu yo‘l qayta tiklansa, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri poezd liniyasi o‘rnatiladi.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning aytishicha, Eron Armaniston bilan Naxichevan orqali o‘tadigan temir yo‘l liniyasini yotqizishni istaydi.

Ayni paytda Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya bosh vazirlari o‘rinbosarlari Moskvada uchrashib, mintaqa infratuzilmasini yaxshilash masalasini muhokama qilmoqdalar. O‘tgan haftada ular ushbu masalani yaqindan ko‘rib chiqish uchun ishchi guruhlarni tuzdilar.

Xalqaro moliya institutlariga ko‘ra, urushdan keyin tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning eng yaxshi usuli bu – sobiq dushmanlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishdir.

Jahon banki mutaxassislarining aytishicha, buni nafaqat milliy hukumatlarning siyosati yordamida, balki ziddiyat yuzaga kelgan chegaralarda ikki tomonlama savdo aloqalari va mahalliy jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash orqali amalga oshirish kerak.

XS
SM
MD
LG