Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2025, Тошкент вақти: 05:35

Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-19-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-19-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi arafasida Tojikistonda o‘zbek madaniyati kunlari boshlangan.

Davlatga qarashli “Xovar” axborot agentligi xabariga ko‘ra, 15-apreldan 20-aprelgacha mamlakatda O‘zbekiston kinosi kunlari, ziyolilar uchrashuvi, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston “Maqom” milliy markazi konserti hamda “Ko‘hi Borbad” saroyida ikki davlat san’at arboblarining madaniy dasturi bo‘lib o‘tadi.

“Aziya-Plyus” agentligining Tojikiston TIVdan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qilishicha, O‘zbekiston prezidenti Tojikistonda rasmiy tashrif bilan 18-19-aprel kunlari bo‘ladi. TIV vakillari O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi kutilayotganini bildirganlar. Tashrif kun tartibiga oid boshqa tafsilotlar ochiqlangan emas.

Ayni paytda Mirziyoyev safar paytida O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etishi aytilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti so‘nggi bor Tojikistonda o‘tgan yilning sentyabr oyida bo‘lib, Markaziy Osiye davlatlari rahbarlari sammitida qatnashgan edi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar prezident Islom Karimov hukmronligi yillari transchegaraviy daryolardan foydalanish bo‘yicha ixtiloflar sababli sovub ketgan edi. Natijada ikki mamlakat o‘rtasida havo va avtobus qatnovlari to‘xtagan, temir yo‘lning bir qismi demontaj qilingan va viza rejimi joriy etilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan keyin o‘zaro munosabatlarda iliqlashuv kuzatilgan. Xususan, ikki davlat prezidentlari bir necha marta o‘zaro tashriflarni amalga oshirishib, strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashgan, o‘zaro vizasiz rejim joriy etishib, tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olishgan.

XS
SM
MD
LG