Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:08

Tojikistonda taqiqlar bilan nom chiqargan mulozim O‘zbekistonga elchi etib tayinlandi


Abdujabbor Rahmonzoda Ta’lim va fan vaziri ekan, musulmoncha libos va kalta yubkalarda darsga kelishni ta’qiqlashi bilan nom chiqargandi.
Abdujabbor Rahmonzoda Ta’lim va fan vaziri ekan, musulmoncha libos va kalta yubkalarda darsga kelishni ta’qiqlashi bilan nom chiqargandi.

Abdujabbor Rahmonzoda Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Prezident Imomali Rahmon bu haqdagi farmonni 4 - may kuni imzolagan.

Rahmonzoda bunga qadar Tojikiston rahbarining ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar masalalari bo‘yicha yordamchisi edi.

Ozodi radiosi (Ozodlik radiosi tojik xizmati) bilan qisqa suhbat chog‘ida Abdujabbor Rahmonzoda “ona xalqiga xizmat qilishga va ikki buyuk xalq o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashga o‘zining kamtarona hissasini qo‘shishga tayyor”ligini bildirgan.

Tojikistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Sodiq Imomiy o‘tgan haftada Tojikiston tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Abdujabbor Rahmonzoda muqaddam Tojikiston davlat teleradio shirkati raisi, ta’lim va fan vaziri, Tojikiston davlat pedagogika universiteti rektori lavozimlarida ishlagan.

U dastavval 2004 - yili, davlat teleradiosida rais bo‘lib ishlayotgan vaqtida qo‘l ostidagi xodimlardan diktant olib nom chiqargan.

Ta’lim va fan vaziri ekan, Rahmonzoda musulmoncha libosda va kalta yubkalarda darsga kelishni, o‘quvchilarning mobil telefon tutishini va xususiy avtomobillarda kelishini man qilgan.

Universitet rektori lavozimida ishlagan kezlari esa u talaba qizlarga baland poshnali poyafzal kiyishni taqiqlagan. Rektorning darsda qatnashmagan talabalarga jarima solish taklifi jamoatchilik orasida katta shov-shuv keltirib chiqargandi. Ko‘p o‘tmay Tojikiston ta’lim va fan vazirligi bu taklifni “qonunga xilof” deb atagan.

XS
SM
MD
LG