Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:01

Tolibon og‘ir iqtisodiy ahvol va xavfsizlik muammolariga duch kelmoqda


Bankdan pulini olish uchun navbatda turgan afg‘onlar - Kobul, 1 - sentabr, 2021
Bankdan pulini olish uchun navbatda turgan afg‘onlar - Kobul, 1 - sentabr, 2021

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan Tolibon rahbarlari iqtisodiyot va xavfsizlik sohasida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Hozirgi Afg‘oniston 20 yil oldin toliblar hokimiyatdan ag‘darilgan vaqtdagi Afg‘oniston emas.

Tolibon 1990-yillarning ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan davrda Afg‘oniston qashshoq, qishloq xo‘jaligiga tayanuvchi davlati edi. Tolibon asosan islomining radikal talqinini shusiz ham an’anaviy hayot kechirayotgan va itoatkor xalq orasida joriy qilish bilan mashg‘ul bo‘ldi.

Bu safar ularga kichik bo‘lsa-da savod chiqargan o‘rta sinf va nisbatan rivojlangan jamiyat, shuningdek, urush va korrupsiya natijasida vayron bo‘lgan iqtisodiyot meros qoldi. Tolibon 15 - avgustda Kobulni egallab olishidan oldin ham mamlakatda ishsizlik darajasi 30 foizdan yuqori edi va AQShning yigirma yillik aralashuvi va mamlakatga berilgan milliardlab dollar yordamga qaramay, afg‘onlarning yarmidan ko‘pi qashshoqlikda yashayotgan edi.

Tolibon afg‘onistonliklarni 1996 - yildan beri o‘zgarganiga ishontirishga harakat qilmoqda. O‘shanda erkaklar soqol o‘stirishga, ayollar esa butun tanani yopib turadigan burqa kiyishga majbur edi. Qizlarga ta’lim olish man etilgan, musiqa va televideniye kabi ko‘ngilochar narsalardan voz kechilgandi.

Bu o‘tmish ko‘plab afg‘onistonliklarni xavotirga solmoqda. Mamlakatning yangi rahbarlari ortida eski toliblar yashiringani haqida qo‘rquv mavjud. Shu sababdan Tolibonning va’dalariga qaramay, ko‘p odam o‘z ish joyiga qaytishga oshiqmayapti. Minglab odamlar esa Afg‘onistonni tark etdi.

«Tolibon oldidagi eng katta masala – Afg‘onistonni boshqarayotib, boshqalarni ham qabul qilish», dedi G‘arb tomonidan dastaklangan sobiq hukumatning maslahatchisi Torek Farhodiy «Associated Press» agentligiga bergan intervьyusida.

«Ular harbiy g‘alabaga erishganliklarini his qilmoqdalar, shuning uchun ularga boshqalarga amal sovg‘a qilish g‘alati tuyulishi mumkin», deydi Farhodiy.

Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, yangi hukumat barcha afg‘onistonliklar, shu jumladan, ayollar o‘z vakillariga ega ekanliklarini his qilsalargina muvaffaqiyatga erishadi.

Tolibonning hozirgi rahbarlari orasida 1990-yillardagi murosasiz tuzumni boshqarganlar soni ko‘p. Ammo «Associated Press» agentligi maqolasida aytilishicha, surgunda yurgan Toliblar rahbarlari o‘zgargan ko‘rinadi.

1996 - yilda Mulla Abdul G‘ani Barodar Qandahorda qolishni ma’qul ko‘rib, zo‘rg‘a Kobulga ko‘chishga rozi bo‘lgan. Ammo so‘nggi yillarda u Tolibonning eng ko‘zga ko‘ringan siyosiy muzokarachisi bo‘lib etishdi. Qatarda yashadi. Barodar bugunga qadar yuqori lavozimli Rossiya, Xitoy va hatto AQSh siyosiy rahbarlari bilan yonma‑yon turdi.

Yangi Tolibon tuzumi murosa qilishga urinmoqda. Guruh sobiq muxoliflarni mamlakatga qaytishga chaqirdi va qasos olmaslikka va’da berdi.

Yangi hukumat tuzish Tolibon uchun ilk yirik sinov bo‘ladi. Ular yangi hukumat Tolibon bo‘lmagan shaxslarni o‘z ichiga olishini va’da qildi, lekin ular haqiqatan ham hokimiyatni bo‘lishishga tayyormi yoki yo‘qligi aniq emas.

Inklyuziv hukumat afg‘onlarning, ayniqsa, yosh va o‘qimishli odamlarning ommaviy ravishda mamlakatni tark etishini sekinlatishi va xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston uchun havodek zarur bo‘lgan yordam pullarini yuborishda davom etishga ko‘ndirishi mumkin.

Tolibon oldida ziddiyatli talablar turibdi. Hatto guruh rahbarlari orasida ham mamlakatni qanday boshqarish kerakligi to‘g‘risida qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bundan tashqari, Afg‘onistondagi qabila yetakchilari ta’sirini ham e’tiborga olish kerak.

Shaxs o‘laroq shakllanayotgan yillarini jang maydonida o‘tkazgan va AQShdek qudratli davlat ustidan g‘alaba qozonganiga ishonuvchi minglab jangchilarni ham unutmaslik kerak. Ko‘plab yosh jangchilarni murosaga kelishdan barcha manfaat topishiga ishontirish mushkul yoki imkonsiz bo‘lishi mumkin.

O‘tmishda Tolibon o‘zining asl e’tiqodiga xiyonat qildi, degan xulosaga kelgan norozi toliblar «Islomiy davlat» guruhiga o‘tib ketgan holatlar ham bo‘lgan. Ayni damda bu guruh mamlakat xavfsizligiga asosiy tahdidlardan biridir. O‘tgan hafta IShID terrorchisi Kobul aeroporti yaqinida o‘zini portlatib yubordi, natijada 169 nafar afg‘on va 13 amerikalik harbiy o‘ldi. Xuruj Afg‘onistondan xorijliklar va G‘arb davlatlari bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni evakuatsiya qilish amaliyotini izdan chiqardi

Bundan tashqari, Tolibonda ko‘p vaqt yo‘q.

Iqtisodiyot yillar davomida tanazzuldan chiqmay keladi. Agar Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilsa, mamlakat fuqarolarining iqtisodiy yordamga bo‘lgani talabi kuchayadi. Agar sobiq prezident Ashraf G‘ani hukumatining 80 foiz xarajatlarini moliyalashtirgan xalqaro hamjamiyat yordam bermay qo‘ysa, Tolibon aholining bunday talablarini bajara olmasligi muqarrar.

AQShda joylashgan Vilson markazi tahlilchisi Maykl Kugelman yangi hukumat tezkorlik bilan natija ko‘rsatishi va iqtisodiy inqirozni yengillatishi kerakligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tolibon muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, «Tolibonga qarshi keng miqyosli norozilik namoyishlari yuzaga kelishi mumkin. Bu esa hokimiyatni mustahkamlashga urinayotgan Tolibon uchun katta qiyinchilik tug‘diradi».

Афғонлар толибондан қочиб Покистонга ëпирилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:39 0:00

Ammo Tolibon xalqaro xavotirlarni bartaraf etish uchun naqadar murosa qilishi guruh rahbariyati ichida, xususan, qat’iy mafkuraga ega bo‘lganlar o‘rtasida ziddiyatni yanada kuchaytirishi mumkin.

Farhodiyning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan xorijga ketganlar orasida tajriba zaxirasi shakllagan bo‘lib, Toliblar ushbu resursdan foydalanishi mumkin, lekin ko‘p narsa yangi hukumatga bog‘liq bo‘ladi.

Kugelman ham Tolibon xorijdagi afg‘onlar tajribasiga muhtoj ekanini ta’kidladi.

«Katta siyosiy inqiroz yuzaga kelgan bir paytda siyosat bilan shug‘ullanish tajribasi bo‘lmagan tuzum hokimiyatga keldi. Xalqaro hamjamiyat Tolibon hukumatiga mablag‘ oqimini to‘xtatmoqchi ekani vaziyatni yanada mushkullashtiradi», dedi u.

«Har doimgidek odamlar, afg‘on xalqi eng ko‘p zarar ko‘radi», deya so‘zini yakunladi u.

XS
SM
MD
LG