Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli 3-dekabr oqshomidan boshlab samolyotlarni qabul qilishda cheklovlar joriy etilgan. Bu haqda Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.
Quyidagi reyslar Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan:
• Farg‘ona–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Silk Avia aviakompaniyasi (US402);
• Bishkek–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airways aviakompaniyasi (HY778);
• Surgut–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha UTair aviakompaniyasi (UTA-709);
• Dubay–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Centrum Air aviakompaniyasi (MFX-352).
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Grozniy–Toshkent yo‘nalishidagi HY9702 reysi esa Buxorodagi aerodromga yo‘naltirilgan.
Ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Toshkent xalqaro aeroportida vaqtinchalik cheklovlar 4-dekabr kuni tonggi 05:30 dan boshlab yana davom etgan. Xususan, Uzbekistan Airways aviashirkatining Lej - Toshkent yo‘nalishidagi HY3174 reysi Buxoro muqobil aeroportiga yo‘naltirilgan.
Ma’lumot o‘rnida: 25-noyabr kuni ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Farg‘ona aeroportida, 1- dekabr kuni esa Namangan xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklov joriy etilgan, reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirilgan edi.