Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 01:44

Toshkent va Pekin bir oygacha o‘zaro vizani bekor qilmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Birinchi dekabr kuni Chendu shahrida O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitimni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi siyosat mahkamasi rahbari Baxtiyor Saidov Telegramdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Bitimga muvofiq, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun 30 kungacha muddatga viza talablaridan ozod qilinadi.

Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir”, degan Saidov.

Rasmiy Toshkent izohiga ko‘ra, “mazkur xalqaro shartnoma tomonlar zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganidan so‘ng kuchga kiradi”.

Ozodlik o‘tgan hafta boshida Toshkent Pekinga viza tartibini erkinlashtirishni taklif qilgani haqida xabar qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston 2021-yil mart oyidan Xitoy fuqarolari uchun 10 kunlik vizasiz rejim joriy qilgandi.

Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Yuy Szyun 2023-yil oktyabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejimni joriy etish bo‘yicha Pekin hukumatida “kuchli xohish borligi”ni ta’kidlagandi.

XS
SM
MD
LG