Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:10

Toshkentda sun’iy urug‘lantirish bilan shug‘ullangan klinika ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Ekstrakorporal urug‘lantirish xizmatini ko‘rsatib kelgan “Turk-Buxoro EKU markazi” Toshkent filialiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mirobod tumani prokuraturasi holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda. Bu ma’lumotni Kun.uz nashriga Toshkent shahri prokuraturasi tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, klinika ma’muriyati tibbiy muolajalar ko‘rsatish uchun 49 nafar ayol bilan jami 2 milliard 87,4 million so‘mlik shartnoma tuzgan. Bemorlar yoz oylarida markazda ro‘yxatdan o‘tib, tibbiy xizmat uchun 42,6 million so‘mdan to‘lov qilgan.

Kelishuvga asosan sentyabr oyida sun’iy urug‘lantirilgan embrionlar bachadonlariga transfer qilinishi, ya’ni mijozlar homilador bo‘lishi kerak bo‘lgan.

Ammo korxona ta’sischilarining kelishmovchiligi sabab klinika faoliyati to‘xtab qolgan, urug‘lantirilgan embrionlar va mijozlar to‘lagan pullar taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Markaz ta’sischisi Turkiyaga qochib ketgani aytilmoqda.

EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) bepushtlik tashxisi qo‘yilgan yoki anchadan beri farzandli bo‘la olmayotgan oilalar foydalanadigan zamonaviy reproduktiv texnologiyadir. Bunda tuxum hujayralar va spermatozoidlar laboratoriyada urug‘lantirilib, hosil bo‘lgan embrionlarning eng sifatlisi bachadonga ko‘chiriladi. EKU serxarajat va sermashaqqat tibbiy muolaja usullari sirasiga kiradi.

XS
SM
MD
LG