Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:54

Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlariga qabulda cheklov yo‘qligi aytildi


Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlariga bu yil viloyatlardan kelgan abituriyentlar qabul qilinmasligi haqidagi xabarlar rasman inkor qilindi.

O‘zbekiston Oliy ta‘lim vazirligi va poytaxtdagi bir qator yirik univyersitetlar rahbariyati Ozodlik muxbiri bilan suhbatda har yilgidek bu yil ham respublikaning turli viloyatlaridan kelgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilina boshlaganini aytmoqda.

20 iyundan boshlab, O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlandi.

Bunga qadar bir qator internet nashrlari bu yil Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlariga shaharda doimiy va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmagan abituriyenlarning hujjatlari qabul qilinmasligi haqidagi norasmiy xabarlarni chop etgan edi.
XS
SM
MD
LG