Линклар

Шошилинч хабар
18 май 2021, Тошкент вақти: 01:02

"Tramp biz uchun hech narsa qilgani yo‘q!" - rossiyaliklar AQSh saylovlariga befarq qaramoqda


Kuni kecha amerikaliklar AQShning 46-prezidentini saylash uchun saylov uchastkalariga borishdi.

Bunga qadar aksar saylovchilar pochta, faks yoki internet orqali muddatidan oldin o‘z ovozlarini berib bo‘lishgan.

AQSh prezidentligi uchun amaldagi prezident, Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp va Demokratlar partiyasi nomzodi, sobiq vitse-prezident Jo Bayden da’vogarlik qilmoqda.

Joriy prezident Tramp 2016 - yilgi saylovda g‘alaba qozonganini Rossiyaning ashaddiy millatchi siyosatchisi Vladimir Jirinovskiy Davlat Dumasida shampan ichib nishonlagan edi.

Jirinovskiy Rossiya rasmiylari bilan qadah urishtirar ekan, «Yangi ichki va tashqi siyosat uchun!» deya tost aytgan.

Bu safargi saylov arafasida Jirinovskiy sobiq media yulduzi Trampga bo‘lgan ishonchi tugaganini aytdi. Deputat Ozodlikka bergan intervyusida «Tramp Rossiya uchun hech nima qilgani yo‘q», dedi.

«3 - noyabrda Tramp g‘olib chiqadi. Bunga ishonchimiz komil», - deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiyaning «Levada» tahlil markazi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning uchdan ikki qismi AQSh prezidentlik saylovida kim g‘alaba qozonishining ahamiyati yo‘qligiga ishonadi.

Sentabr oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 23 foizi Tramp haqida ijobiy, 43 foizi esa salbiy fikrda.

Rossiya deyarli 10 yildan beri AQSh prezidentlik saylovlariga ta’sir ko‘rsatib keladi.

2016 - yilgi saylov jarayoniga Moskva aralashib, Trampga g‘alaba qozonishga ko‘maklashdi. Trampning bir necha sobiq yordamchisi ushbu holat yuzasidan qamalgan bo‘lsa-da, uning o‘zi Rossiya aralashuvi haqidagi iddaolarni keskin rad etib keladi.

Ammo bu yilgi AQSh prezidentlik saylovlari davomida rossiyaliklar o‘zlaridagi muammolar bilan band bo‘ldi. Koronavirus pandemiyasi Rossiya iqtisodiga qattiq zarba berdi, mamlakatda real ish haqi so‘nggi olti yildan beri bir maromda qisqarmoqda. Shu sababdan Rossiya Atlantikaning narigi tomonidagi siyosiy hodisalarga avvalgidek e’tibor bermayapti.

Kreml maslahatchisi Fyodor Lukyanov «rossiyaliklar nima uchun parvo qilishi kerak? Qo‘shma Shtatlar boshqa bir xorijiy davlat, xolos. Kim g‘olib chiqishidan qat’i nazar, birorta odam qandaydir o‘zgarish sodir bo‘lishini kutayotganiga ishonmayman», - dedi.

Jirinovskiy 2016 - yilda Tramp g‘alabasini nishonlagan yagona rossiyalik emas edi. Ko‘pchilik Tramp g‘alabasi ortidan Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga, Moskva Qrimni anneksiya qilib olgani uchun joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinishga umid qilayotgan edi.

2016 - yilgi saylov kampaniyasi davomida Tramp Putinni «haqiqiy yetakchi» o‘laroq ta’riflab, Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni va’da qildi. Natijada Rossiya telekanallari Trampni olqishladi va uning raqibini Hillari Klintonni qoraladi.

Kreml targ‘ibotchisi Dmitriy Kiselyov 2016 - yilgi saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin «Tramp Amerikaning chirigan elita tizimiga kirib borib, uning qoidalariga binoan o‘ynadi va prezident bo‘ldi», - deya xulosa qilgan edi.

Rossiyaliklardan farqli o‘laroq, Kreml AQSh sayloviga befarq emas. Rossiya yetakchilariga Bayden tanish – u prezident Barak Obamaning yonida vitse-prezident o‘laroq ishlagan. Bayden 2011 - yilda Putin bilan keskin suhbat o‘tkazganini iddao qilgan. Xususan, Bayden The New Yorker gazetasiga bergan intervyusida Rossiya prezidentiga «ko‘zingga qarayapman, va, o‘ylashimcha, senda qalb yo‘q», deganini iddao qildi.

XS
SM
MD
LG