Prezident Donald Tramp 4-fevral kuni AQSH Inson huquqlari kengashi doxil BMTning qator organlaridan chiqishi to‘g‘risida farmon imzoladi.
Farmonga muvofiq, Qo‘shma Shtatlar BMTning falastinliklarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy agentligi (UNRWA) bilan hamkorlikni to‘xtatadi. Bildirilishicha, Vashington BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha maxsus muassasasi bo‘lmish YUNЕSKOdagi ishtirokini ham qayta ko‘rib chiqadi.
AFP qaydicha, bu qadamlar Oq uy kotibi Uill Sharf BMT agentliklaridagi “aksilamerikacha noxolislik” deb atagan holatga norozilik o‘laroq qo‘yilgan.
“Umumiyroq planda farmon moliyalashtirishda turli mamlakatlar o‘rtasidagi katta farq va daraja manzarasida AQSH tomonidan BMTni moliyalashtirishni qayta ko‘rib chiqishga chaqiradi”, degan Uill Sharf.
Tramp uzoq vaqt davomida Vashington tomonidan xalqaro tashkilotlarni moliyalashtirish darajasiga qarshi chiqib, boshqa mamlakatlarni o‘z a’zolik badallarini ko‘paytirishga chaqirib kelgan.
Qo‘shma Shtatlar tomonidan Falastinliklarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha agentligini (UNRWA) moliyalashtirish 2024-yil yanvarida − Jo Bayden ma’muriyati davrida to‘xtatilgan. Bunga Isroil tomonidan UNRWAning 12 nafar xodimi falastinlik ekstremistlar 2023-yil 7-oktyabrida amalga oshirgan hujumga aloqadorlikda ayblangani sabab bo‘lgan.
Tramp o‘zining oldingi prezidentlik muddatida Iqlim bo‘yicha Parij shartnomasidan chiqqan va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqish jarayonini boshlagan edi, deya qayd etgan AFP agentligi.