Линклар

Шошилинч хабар
14 феврал 2025, Тошкент вақти: 16:15

Tramp yana yagona valyuta yaratmoqchi bo‘lgan BRICS mamlakatlariga boj bilan tahdid qildi


AQSH prezidenti Donald Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp yana bir bor yangi valyuta yaratib, dollardan voz kechishga urinayotganlik uchun BRICSga a’zo mamlakatlarga yuz foizli boj kiritish bilan tahdid qildi.

AQSH BRICS mamlakatlaridan yangi valyuta yaratmaslik va dollar o‘rniga hech qanaqa boshqa valyutani dastaklamaslikni talab qiladi”, deb yozgan Tramp TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida.

Unga ko‘ra, “BRICS xalqaro savdoda AQSH dollarini boshqa valyuta bilan almashtirishiga hech bir imkon yo‘q”, bu ishni qilishga uringan har qanaqa mamlakat esa “boj bilan salomlashib, Amerika bilan xayrlashishi lozim bo‘ladi”.

Xuddi shunga o‘xshash bayonotni Tramp noyabr oyi oxirida − prezident saylovidagi g‘alabasidan bir necha hafta keyin e’lon qilgan edi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov BRICSda umumiy valyuta yaratish haqida gap ketmayotganini bildirgan.

“BRICSda uchinchi mamlakatlarga birgalikda investitsiyalarni, o‘zaro investitsiyalarni va hokazolarni amalga oshirishga imkon beradigan yangi qo‘shma investitsion platformalar yaratish haqida gapirishmoqda, mana gap nima haqida boryapti”, degan Peskov.

2023-yili Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov BRICS mamlakatlari dollarga muqobil bo‘lgan yagona hisob-kitob birligini yaratish imkonini ko‘rib chiqayotganlarini bildirgan edi. Bu masala o‘sha yili Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan BRICS sammitida ham muhokama qilingan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024-yili “Valday” forumida BRICS mamlakatlari iqtisodiyotlari bunday valyutagga tayyor emasligini bildirgan. Bu bayonotgacha esa sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Sharqiy iqtisodiy forumda u Rossiya dedollarizatsiyaga intilmayotganini aytgan.

Axir biz dollarda hisob-kitob yuritishdan bosh tortganimiz yo‘q-ku. Bizga “yo‘q” deyishdi, shuning uchun biz shunchaki boshqa imkoniyatlar qidirishga majburmiz”, degan Putin.

XS
SM
MD
LG