Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:26

Treylbleyzer uchun uch milliard. Dilerlar “O‘zAvtomotors”ning yangi talabidan norozi


“O‘zavtosanoat” mamlakat avtomobil bozorida faqat o‘ziga tegishli avtosalonlarni qoldirish uchun yanvar oyidan boshlab avtosalonlarga "bosim qila boshladi". Bu haqda Toshkent¸ Sirdaryo va Andijondagi avtosalon egalari Ozodlikka bildirdi. Ularga ko‘ra¸ “O‘zAvtomotors” AJ avtosalonlarni yangi kelishuv hujjatiga imzo chekishga majburlamoqda.

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan bu kelishuv hujjatiga ko‘ra¸ avtosalon dilerlari hali sotilmagan avtomobil uchun o‘ta katta miqdordagi depozitni “O‘zAvtomotors” hisobiga o‘tkazishi shart.

Ozodlik suhbatlashgan dilerlar hali sotilmagan Malibu yoki Treybleyzer avtomobili uchun uch milliard so‘m depozit yotqizishga qurbi yetmasligini aytishdi.

Shu paytgacha dilerlar sotib berish sharti bilan depozit to‘lovisiz faoliyat olib borgan va avtojalloblar bu status kvo saqlanishidan manfaatdor.

“O‘zAvtomotors” AJ vakili esa bu xolat nobarqaror bozor xatarini kamaytirish uchun haridor manfaatini ko‘zlab qilingan ikki taraflama foydali iqtisodiy qadam ekanligini aytdi.

Dilerni sindiradigan kelishuv

Ozodlikda “O‘zAvtomotors” AJ avtomobil sotish bo‘yicha marketing boshqarmasi boshlig‘i A. Saxapov joriy yil yanvar oyida imzolagan¸ barcha dilerlarga yuborgan rasmiy ogohlantirish maktubi bor.

Qo‘shimcha kelishuv ilovasi
Qo‘shimcha kelishuv ilovasi

Maktubda ichki bozordagi haridorlarga xizmat ko‘rsatadigan dilerlar uchun 2021 - yildan boshlab “Garantiya fondi” joriy qilingani aytiladi. Maktubda diler to‘laydigan depozit miqdori 2021 - yil uchun 5 milliard so‘m bo‘lishi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari dilerlar Spark¸Neksiya¸ Kobalt¸ Lasetti va Labo avtomobilini sotish huquqini olish uchun bir milliard so‘m depozitni “O‘zAvtomotors” AJ hisob raqamiga yotqizish shartligi hujjatda ta’kidlangan. Agar diler Treker¸ Malibu¸Ekvinoks¸ Treybleyzer rusumli mashinalarni zavoddan olib sotmoqchi bo‘lgan diler uch milliard so‘m depozit pul yotqizishi hujjatda urg‘ulangan.

Sirdaryodagi avtosalonda ishlaydigan Muzaffar Holjigitov Ozodlik bilan suhbatda bu kelishuv dilerlar umurtqasini sindiradigan darajada og‘ir ekanligidan tashvish bildirdi.

Holjigitovga ko‘ra¸ joriy yilning 28 - fevraliga qadar kamida 5 milliard so‘mni . “O‘zAvtomotors” AJ hisobiga yotqizishga qurbi yetmaaydi. Holjigitov dilerlik sohasini tark etib, boshqa ish qidirishga majbur bo‘lganini aytadi.

Bu mashinanin olib sotish uchun diler bir milliard so‘m depozit qo‘yishi kerak
Bu mashinanin olib sotish uchun diler bir milliard so‘m depozit qo‘yishi kerak

Xaridor yutadimi?

Ozodlik suhbatlashgan¸ Sirdaryo¸ Toshkent va Andijondagi dilerlar bu kelishuv ortidan O‘zbekiston avtomobil bozorida faqat “O‘zavtosanoat”ga oid dilerlar qolib, boshqalar siqib chiqarilayotganligini aytishdi.

Ya’ni dilerlar zarar ko‘radi. Unda kim foyda ko‘radi? Sirdaryolik diler Holjigitovga ko‘ra¸bundan faqat “O‘zAvtomotors” va “O‘zavtosanoat” foyda ko‘radi.

“Diler yil boshida “O‘zAvtomotors” hisobiga 5 milliard so‘m pul qo‘yadi. “O‘zAvtomotors” bo‘lsa bu pulni 50 foiz yillik foyda ko‘rish uchun Markaziy Bank stavkasi bo‘yicha bankka qo‘yadi. Yil mobaynida O‘zbekistondagi butun dilerlar yotqizgan depozit pullari foydasini “O‘zAvtomotors” ko‘radi. Diler esa yil oxiriga borib kelishuvdan voz kechsa maksimum o‘sha o‘zi to‘lagan besh milliardni balki undan ham kamni olishiga umid bor. Fors major deb bermay qo‘ysa ham xayron bo‘lmayman,” deydi sirdaryolik diler. “O‘zAvtomotors” shirkatining o‘zini marketing bo‘limi xodimi deb atagan mulozimi esa “bu kelishuv haridor manfaatini o‘ylab tuzilganini aytdi.

“Sizga diler kelishuviga ilova qilingan 10 raqamli qo‘shimcha kelishuv hujjatini beraman, tanishib chiqing. O‘sha yerda haridor manfaati uchun depozit olinishi yozilgan.”

Diler kelishuviga ilova bo‘lgan hujjatda “haridorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash va haridor oldiga sotuvchi ma’suliyatini ta’minlash uchun” depozit olinayotgani aytilgan.

Doimiy tanqid ostida

2020 - yili “O‘zAvtomotors”ning faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlangan edi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda “O‘zAvtomotors” avtomobillariga narxlarni shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi va raqobat to‘g‘risidagi boshqa qonunbuzarlik alomatlari aniqlangan edi.

Avtomobil bozori
Avtomobil bozori

Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ochiqlamasi ortidan “O‘zAvtomotors” tarmoqda tanqidlarga nishon bo‘lgan edi.

Rasul Kusherbayevning 2020 - yil avgustdagi videoanjumanda ta’kidlashicha, Tekshirish jarayonida ayrim xarajatlarni oshirib ko‘rsatib, monopol tomondan yuqori narx qo‘llanilishi alomatlari mavjudligi tasdiqlangan.

Shu bilan birga, avtomobillarni iste’molchilarga sotishda ba’zi bir dilerlarga imtiyoz va preferensiyalar berilib, ular boshqa dilerlar bilan taqqoslaganda ustun mavqega ega bo‘lishi va yangi dilerlar bilan shartnomalar tuzishda shartnoma predmetiga aloqador bo‘lmagan shartlar qo‘yilishi kuzatilgan, deb yozgan edi deputat.

Rasul Kusherbayev yangi dilerlar uchun 10 mlrd so‘m miqdorida avans to‘lash talabini yangi dilerlarning bozorga kirishiga sun’iy to‘siq yaratish, deb atagan.

XS
SM
MD
LG