Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:11

Turk lirasi qadrsizlanishi ortidan turkiyaliklar iPhone sotib ololmayapti


Turk lirasi yil boshidan buyon 43 foizga, o‘tgan hafta boshidan beri esa, 22 foizdan ko‘proq qiymatini yo‘qotdi.
Turk lirasi yil boshidan buyon 43 foizga, o‘tgan hafta boshidan beri esa, 22 foizdan ko‘proq qiymatini yo‘qotdi.

“Reuters” agentligining xabar berishicha, iPhone va boshqa elektronika jihozlarini sotib olmoqchi bo‘lgan turkiyaliklar muammolarga duch kelmoqda.

Chorshanba kuni xaridorlarga “Apple” veb‑saytidan xatolik haqida xabarlar kela boshlagan. Bir kun avval liraning tarixiy minimum - 15 foizga qadrsizlanishi narxlar izdan chiqishiga olib keldi.

Prezident Erdo‘g‘on qattiq tanqidlarga qaramay, so‘nggi keskin pasayishni himoya qilganidan so‘ng, chorshanba kuni turk lirasi o‘zining rekord darajadagi eng past darajasiga tushdi.

Lira joriy yilda 43 foizga, o‘tgan hafta boshidan beri esa 22 foizdan ko‘proq qiymatini yo‘qotgan.

O‘z navbatida, milliy valyutadagi tovarlar boshqa joylardagi narxlarga nisbatan keskin chegirmaga ega bo‘lgan. Chakana sotuvchilar bozordagi notinch sharoitida narxlarni o‘zgartirishga harakat qilmoqda.

“Apple” kompaniyasining Turkiyadagi vakili hozircha vaziyatga izoh bermagan.

“Apple”ning Turkiyadagi veb‑saytida “Hozirda mavjud emas” xabari paydo bo‘lib, aksariyat mahsulotlarning sotilishi to‘xtadi. Telefonlar va kompyuterlarning mahalliy narxlari liraning keskin qadrsizlanishi ortidan AQShdagi narxlardan 10 foizga pastlagan.

“Iqtisodiyotda g‘alati o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Lekin odamlar “Apple” mahsulotlarini qimmatli qog‘ozlar sifatida ko‘radi. Ular buni bir yildan keyin ham oldingidan qimmatroqqa sotishlari mumkinligini bilishadi”, deydi shaxsi sir qolishini istagan “Apple” do‘konidagi sotuvchi.

Turk elektron tijorat kompaniyasi rasmiysiga ko‘ra, mijozlar oqimi import qilinadigan bozor brendlariga, birinchi navbatda, elektronika va kosmetika mahsulotlariga ko‘paygan.

Liraning qulashi juma kungi savdolar va yangi yil chegirmalarining boshlanishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Bu esa ba’zi iste’mol tovarlari tanqisligini yoki narxlarning keskin oshishini keltirib chiqarishi mumkin.

“Aksariyat bozorlar yirik sotuvchilardan hech bo‘lmaganda chegirma haftasida narxlarni barqaror ushlab turishni so‘ramoqda. Sotuvchilar ham, bozorlar ham bir-biriga muhtoj ekan, sotuvchilarga majburiyat yuklanadi”, dedi Istanbuldagi elektron tijorat rasmiysi “Reuters” agentligiga.

Yana bir bozor xodimi esa vaziyatni shunday izohladi: “Hozir xarid uchun eng noqulay vaqt. Hozirgi narxlar qimmat ko‘rinishi mumkin, lekin kelasi hafta bundan ham yomonroq bo‘ladi.”

Umuman olganda hozir savdo, tijorat sohasidagi ko‘pchilik tushkun kayfiyatda.

“Bizni yana nimalar kutayotganini tasavvur ham qilolmayman. Ijarada yashayman, kommunal to‘lovlarni qanday to‘lashni ham bilmayman”, deydi baliq sotuvchi.

Erjument Tepe ismli sartarosh esa kuni bo‘yi birorta mijoz bo‘lmasa ham, elektr to‘lovining o‘zi kuniga 800 liraga borayotganidan shikoyat qilgan.

XS
SM
MD
LG