Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2021, Тошкент вақти: 01:07

Turkiyada iste’fodagi admirallar davlat to‘ntarishiga tayyorgarlikda gumon qilinmoqda


Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyaning "Tuzla" harbiy kemasini dengizga tushirish marosimida - Istanbul, 3 - iyul, 2017

Turkiyada Montryo konvensiyasini saqlab qolish zarurligi to‘g‘risidagi ochiq maktubni imzolagan 10 nafar iste’fodagi admiral hibsga olindi.

Montryo konvensiyasi kemalarning Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari orqali harakatini tartibga soladi.

Turkiya dengiz flotining yuzdan ortiq sobiq yuqori lavozimli rahbarlari tomonidan imzolangan ushbu maktub hukumat rasmiylari tomonidan keskin tanqidga uchradi. Ular bu holatni davlatga qarshi chiqishga tenglashtirdilar.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning matbuot xizmati maktubda davlat to‘ntarishi alomatlari borligini iddao qildi.

4 - aprel kuni Turkiya prokuraturasi iste’fodagi admirallarning davlat va konstitutsiyaviy tuzum barqarorligi va xavfsizligiga putur yetkazishga qaratilgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash uchun tergov boshladi.

To‘rt gumonlanuvchiga kelayotgan uch kun ichida Anqara politsiyasiga borish buyurilgan.

O‘tgan oy Turkiya hukumati Qora dengizdan Marmara dengizigacha Bosforga parallel kanal qurish rejasini ma’qullagan edi.

Rasmiylar ushbu kanal Montryo konvensiyasiga bo‘ysunmasligini aytishmoqda. Iste’fodagi dengiz zobitlari esa, Montryo konvensiyasi atrofida muhokama qo‘zg‘ashi mumkin bo‘lgan harakatlar davlat xavfsizligi zaiflashishiga olib kelishini aytishmoqda.

Montryo konvensiyasi 1936 - yilda Shveysariyada Qora dengiz bo‘g‘ozlari ishlash rejimiga bag‘ishlangan konferensiya davomida qabul qilingan.

Konvensiya Turkiyaning Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari ustidan hukmronligini tiklagan.

Konvensiya tinchlik davrida ham, urush davrida ham har qanday mamlakatning savdo kemalariga ushbu bo‘g‘ozlardan erkin o‘tish huquqini beradi.

Bundan tashqari, konvensiya tinchlik davrida Qora dengiz bo‘yidagi davlatlariga tegishli har qanday sinfdagi harbiy kemalarning bo‘g‘ozlar orqali erkin o‘tishiga imkon beradi.

Qora dengiz sohilidagi bo‘lmagan davlatlarning harbiy kemalari uchun Qora dengizda sinf, tonna va vaqt bilan bog‘liq cheklovlar mavjud.

XS
SM
MD
LG