Линклар

Шошилинч хабар
23 март 2025, Тошкент вақти: 16:07

Turkiyaliklarga turmushga chiqayotganlar orasida o‘zbekistonlik qizlar ikkinchi o‘rinni egalladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

2024-yilda 3509 nafar o‘zbekistonlik ayol Turkiya fuqarolariga turmushga chiqdi. Bu raqam Turkiya statistika tashkilotining (TÜİK) oila qurish va ajrashishga oid hisobotida aks etgan.

Shu tariqa o‘zbek ayollari turk erkaklari turmush qurayotgan xorijliklar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Diqqatga molik jihati shuki, O‘zbekistonni ro‘yxatda birinchi o‘rinda turgan Suriyadan atigi o‘n kishilik farq ajratib turibdi.

Turkiyaliklar uylanayotgan mamlakatlar beshligiga Suriya (3519 nafar), O‘zbekiston (3509), Marokash (2427), Ozarbayjon (2195) va Rossiya (1945) kirgan.

O‘zbek qizlarining turk yigitlari bilan turmush qurish tendensiyasi kuchayib borayotgani bir yillik hodisa emas. Bu holat so‘nggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida ortgani aytiladi. Ozodlik bu mavzuda avvalroq maxsus film ham tayyorlagan edi.

Shuningdek, Ozodlik ilgariroq nochorlikdan qutulish uchun o‘zbek qizlari orasida koreyalik kuyovlarga erga tegayotganlar soni ko‘payganini ham tahlil qilgandi.

XS
SM
MD
LG