Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:50

Turkmaniston: Karantin cheklovlari norozilik chiqishlariga sabab bo‘ldi


Turkmaniston, Ashxobod - oktabr, 2021. Illyustrativ foto.
Turkmaniston, Ashxobod - oktabr, 2021. Illyustrativ foto.

Noyabr boshidan beri Turkmanobod shahrida ikki oy muqaddam joriy etilgan karantin cheklovlariga qarshi bir necha tartibsiz norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. 1 - noyabr kuni sotuvchilar bozor ochilishini talab qilib ko‘chani to‘sishgan bo‘lsa, 5 - noyabrda avtobus haydovchilari ish tashladi. Ozodlik radiosining turkman xizmati muxbirlari bu voqealarning ayrim tafsilotlarini xabar qilishmoqda.

5 - noyabr kuni “Lebapavtoulag” transport korxonasi haydovchilari shahardagi ayrim yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishdi. Ish tashlashda jami 30 ga yaqin avtobus haydovchisi ishtirok etdi.

Ozodlik muxbirlari aniqlashicha, ish tashlashga korxona rahbariyatining Ashxoboddan kelgan farmonga binoan shahar avtobusida tashishga ruxsat etilgan yo‘lovchilar sonini keskin kamaytirishga buyruq berishi sabab bo‘lgan. Haydovchilardan har bir avtobusga 10 nafardan ortiq yo‘lovchi olmaslik talab qilingan, bo‘ysunmaganlarga esa tushuntirish xati yozdirish, holat takrorlanganida esa ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilganlar.

Ayni chog‘da rahbariyat haydovchilarning kuniga 300 manatdan naqd pul topshirish rejasini o‘z kuchida qoldirgan. Binobarin, kunlik rejani bajarmaslik ham haydovchini ishdan bo‘shatilish xavfi ostiga qo‘yadi.

“Avtobusga 10 dan ziyod yo‘lovchi olinmasa, 300 manat pul ishlashning iloji yo‘q. Rejani bajarmasang – yana tushuntirish xati yozdirishadi, bo‘shatamiz deb do‘q urishadi. Boshlig‘imiz bu talablarni bajarishimizni shaxsan o‘zi nazorat qilishini aytdi”, deydi ismi sir tutilishini xohlagan korxona haydovchilaridan biri.

Ozodlik muxbiriga ko‘ra, shahar transportida tashiladigan yo‘lovchilar soniga doir buyruq rostdan ham bor. Bu koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy masofaga rioya qilish talabi bilan bog‘liq. Ya’ni, haydovchilardan avtobusga zavodda o‘rnatilgan o‘rindiqlar sonidan ortiq yo‘lovchi olmaslik talab qilinmoqda.

Turkmanistonda avtobuslar jamoat transportining yagona turi bo‘lib, ularda ko‘pincha odam tirband bo‘ladi. Yo‘lovchi oqimi kattaligi va “reja tizimi” haydovchilarni avtobuslarga qo‘shimcha o‘rindiqlar o‘rnatishga majbur etadi.

Ish tashlash Turkmanobod transporti faoliyatiga ta’sir qilib, shahardagi aksar yo‘nalishlarda qatnov to‘xtab qolishiga olib keldi.

1 - noyabrda Turkmanoboddagi 5-sonli bozor sotuvchilari va savdo shoxobchalari egalari ham karantin cheklovlari uzaytirilishiga qarshi tartibsiz norozilik aksiyasi o‘tkazishdi.

Shu kuni bozor ishga tushishini kutib, to‘planib qolgan o‘nlab odamlar mahalliy ma’muriyat bozorni ochish xususidagi va’dasini bajarmaganidan g‘azablanib, eng yaqin ko‘chani to‘sishga kirishdi.

“1 - noyabr kuni savdogarlar bozor ochilishini kutib bekorga ovora bo‘lishdi. Shundan so‘ng ular bozor yonidagi Amul ko‘chasini 8 soatdan ziyod vaqtga to‘sib qo‘yishdi. Bir-birlarining qo‘llaridan tutib, yo‘lga ko‘ndalang turib olishdi. Bir pasda o‘tkinchi mashina va avtobuslardan katta tirbandlik hosil bo‘ldi”, deya so‘zlab berdi Ozodlikka voqea guvohlaridan biri.

Ozodlik muxbirlari xabar berishicha, natijada yo‘lning qatnov qismida qariyb to‘rt chaqirimlik izdihom paydo bo‘lgach, u yerga o‘nlab politsiya mashinalari va 5 ta patrul avtomobili yetib borgan.

“Politsiyachilar norozilik aksiyasi ishtirokchilarini qatnov qismidan zo‘rlik bilan chetlatishga urinishdi, lekin uddalay olishmadi. Shundan keyin ularga madad kuchlari yetib kelib, odamlarni bitta-bitta tutib avtobusga bosishdi. Shu tariqa yo‘l tozalanib, ko‘chada harakat tiklandi”, deydi voqea ishtirokchilaridan biri.

"Президент имиджини бузаётган" туркманларга навбатда туриш тақиқланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:46 0:00

Ozodlik radiosi norozilik aksiyasi ishtirokchilarining keyingi taqdiriga aniqlik kirita olganicha yo‘q.

Noyabr oyi boshida avgustda joriy etilgan karantin cheklovlari noma’lum muddatga uzaytirilgani ma’lum bo‘lgan edi. Hukumat karantin boshlangani, uzaytirilgani, shuningdek keyingi rejalar to‘g‘risida aholiga rasman axborot bergan emas. Turkmanistonliklar bularlarning barini mahalliy ma’murlardan eshitib bilishdi.

Bu paytda Ashxobodda odamlar karantin cheklovlari yumshatilishini kutayotgan paytda, mahallalardagi o‘nlab oziq-ovqat do‘konlari yopildi.

Poytaxtda do‘kondor va sotuvchilar prokuraturaga murojaat qilish uchun imzo to‘plashmoqda. Lokdaun sharoitida ko‘plab tadbirkorlar daromaddan mahrum bo‘lib, zarar ko‘rmoqda, yopilgan muassasalar xodimlari esa tirikchilik manbaidan ayrildi. Davlat tomonidan pandemiya sharoitida aholini moddiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmadi.

Mamlakatda koronavirus mavjudligini rasman tan olmay kelayotgan Turkmaniston hukumati savdo, xizmat ko‘rsatish korxonalari va ko‘ngilochar muassasalarni joriy yilning avgustida yopib qo‘ydi. Bu paytda koronavirusning navbatdagi to‘lqini boshlanib, kasalxona va morglar to‘lgan, qabristonlarda esa kechayu kunduz mayitlar dafn qilinayotgan edi.

XS
SM
MD
LG