Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:24

Uchoq nega halokatga uchradi va unda Prigojin bor edimi? Farazlar


Prigojinning biznes-jeti qulagan yer.
Prigojinning biznes-jeti qulagan yer.

23-avgust kuni Tver viloyatida «Vagner» xususiy harbiy shirkati rahbari Yevgeniy Prigojin foydalangan shaxsiy uchoq halokatga uchradi. Federal havo transporti agentligi – Rosaviatsiya ma’lumotiga ko‘ra, bortdagi barcha o‘n kishi halok bo‘lgan.

Agentlik ta’kidlashicha, yo‘lovchilar orasida Prigojinning o‘zi va shirkat qo‘mondoni Dmitriy Utkin (Uning laqabi ham «Vagner» bo‘lgan), shuningdek, «Vagner»ning boshqa qo‘mondonlari va yollanma askarlar bo‘lgan. 24-avgust kuni ertalab Tver viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosiga halok bo‘lganlarning jasadlari va ularning qattiq kuygan parchalari keltirildi. Ulardan birortasining shaxsi aniqlangani haqida rasman xabar berilmagan.

«Al-Jazira» telekanalining «Vagner»dagi manbasi Prigojinning telefoni jasadlardan biri yonidan topilganini aytdi. Shirkat bilan bog‘liq “Telegram” kanallar Prigojin vafot etganini yozmoqda. Shu bilan birga, “Meduza” nashrining Kremlga yaqin bo‘lgan suhbatdoshi Prigojin tirik bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti: "U makkor, trol. Uning turli tuzilmalarda hufiyalari bor, shuning uchun kutishga to‘g‘ri keladi". «Vagner» rasman izoh bermadi.

Пригожиннинг учоғи ҳалокатга учради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:57 0:00

OAV, shu jumladan, G‘arb ham halokat bilan bog‘liq gapira boshlagan taxminlardan biri bu Rossiya rasmiylarining unga aloqadorligidir. Ushbu versiya roppa-rosa ikki oy oldin Prigojin Rossiya hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka borgani va «Vagner»ning Moskvaga qarshi qurolli isyoni bilan bog‘liq. "Putin asir olmaydi", deydi Financial Times nashriga G‘arb rasmiysi. Uning ta’kidlashicha, uchoq Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan. «Vagner»ga aloqador ba’zi Telegram kanallar shu versiyani takrorlamoqda.

Bi-bi-sining xavfsizlik masalalari bo‘yicha jurnalisti Frenk Gardner Britaniya harbiy manbalariga tayanib, «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin bo‘lgani ehtimol uchoq halokati ortida Federal xavfsizlik xizmati turgani haqida yozdi. Gardnerning aytishicha, Prigojinni yo‘q qilishdan asosiy maqsad "uning dushmanlari [Rossiya mudofaa vaziri Sergey] Shoygu va [RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy] Gerasimov mavqeini mustahkamlash" edi.

Muhokama qilingan taxminlardan yana biri – uchoq urib tushirilgan bo‘lishi mumkin. Videolardan birida zenit-raketadan qoladigan bulut ko‘rinadi, bundan tashqari, guvohlarning ta’kidlashicha, ikkita portlash ovozi eshitilgan. Bir qator Telegram kanallarda uchoq qoldiqlarida kichik teshiklar borligi aks etgan fotosuratlar chop etildi va ular uchoq havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganiga dalil sifatida ko‘rsatilmoqda.

Biroq, «Meduza» ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa raketalari uchoqqa guvohlar suratga olgan videolarda ko‘ringandan ko‘ra jiddiyroq zarar yetkazishi mumkin edi va u "yaxlit bo‘lak" bo‘lib qulashi qiyin bo‘lar edi, qolaversa, zenit tizimlari raketalari uchoq uchayotgan balandlikka chiqa olmasdi.

U to‘satdan katta balandlikdan qulay boshladi, uchuvchilar halokat signalini bermadi. «Kommersant» suhbatlashgan aviahalokatlarni o‘rganuvchi mutaxassislar uchoq urib tushirilgan yoki bortida portlash sodir bo‘lganini taxmin qilmoqda. Bu haqda Meduza ham yozdi va aholi tomonidan suratga olingan videolar qulashdan oldin portlash sodir bo‘lganini aniq ko‘rsatayotgani, biroq bu videodan uchoq ichida portlash sodir bo‘lganini yoki raketa zarbasi oqibatda sodir bo‘lganini aniqlashning imkoni yo‘qligini ta’kidlaydi.

“Путин ошпази”: “Вагнер” асосчиси Украина урушида “ҳарбий менежерга”га айланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:24 0:00

Bortdagi portlash versiyasini bir qator Telegram kanallar, jumladan, harbiylar tarafdorlari ham ta’kidlamoqda. «VCHK-OGPU» marhuma styuardessaning qarindoshi hikoyasini e’lon qildi: parvoz oldidan u reys mayda ta’mirlar tufayli kechiktirilganini aytgan. Avvalroq xuddi shu Telegram kanalida so‘nggi lahzada biznes-jet bortiga qimmatbaho vino qutisi ortilgani haqida xabar berilgandi, ayni shu qutida bomba bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. «Shot» Telegram kanali yana manbaga tayanib, shassi qismiga portlovchi moslama o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligini yozdi.

  • Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan transport vositasidan foydalanish xavfsizligi va ulardan foydalanish qoidalarini buzish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. RBK xabariga ko‘ra, ishni tergov qilish Tergov qo‘mitasining o‘ta muhim ishlarni tergov qilish bosh boshqarmasi tergovchisi Ivan Sibulga topshirilgan. U Sheremetyevodagi 41 kishi o‘lgan Superjet halokati, shuningdek, Frantsiyaning Total neft kompaniyasi bosh direktori Kristof de Marjerining o‘limiga sabab bo‘lgan Moskvaning Vnukovo aeroportidagi falokatni ham tekshirgan.
XS
SM
MD
LG