Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:23

Ukrainalik qochqinlar soni 4 millionga yetdi. Qochqinlar oqimi kamayadimi?


Associated Press agentligining yozishicha, Ukrainadagi urushdan qochganlar soni 4 millionga yaqinlashgan bo‘lsa-da, so‘nggi kunlarda chegarani kesib o‘tayotganlar kamaygan. Chegarachilar, yordam agentliklari va qochqinlarning aytishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida bu shunchaki pauzami yoki doimiyroq jarayonmi, buni bilish qiyin.

Ba’zi ukrainaliklar o‘z vatanini himoya qilishda harbiylarga ko‘mak bermoqda. Boshqalar esa uylarini tark etib, Ukrainaning boshqa, nisbatan tinchroq joylariga yo‘l olgan. Keksalar va kasal insonlar boshqa joyga ko‘chib o‘tish uchun yordamga muhtoj.

Rossiya bosqinidan keyingi dastlabki ikki hafta ichida 44 millionlik Ukraina aholisining 2,5 millionga yaqini zo‘ravonlik va urush tufayli mamlakatni tark etdi. Keyingi ikki haftada esa qochqinlar soni ortib, 4 millionga yetdi.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining dushanba kuni e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatni tark etganlar soni 3,87 millionni tashkil etmoqda. Ammo o‘tgan 24 soat ichida faqatgina 45 000 ukrainalik chiqib ketgan. Bu kunlik ko‘rsatkich pasayganini ko‘rsatmoqda. So‘nggi besh kunda Ukrainadan chiqib ketayotganlar kuniga 50 000 dan oshmadi. 6 va 7-mart kunlari Ukrainani kuniga 200 mingdan ortiq odam tark etgan, deya BMT hisobotini keltiradi Associated Press.

BMTning ta’kidlashicha, Rossiya boshlagan urush Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropadagi eng yirik qochqinlar oqimini keltirib chiqardi. Polsha 2,3 million, Ruminiya esa 600 mingga yaqin qochqinni qabul qilgan. Qo‘shma Shtatlar 100 000 kishini qabul qilishga va’da berdi.

Dunyodagi eng katta qochqinlar inqirozining manbai bo‘lgan Suriyadagi 11 yillik urush ham bunchalik ko‘p qochqinlar oqimini yuzaga keltirmagan edi.

“Qochqinlar tendensiyasi kamayadi deb umid qilamiz. Ammo urushga siyosiy yechim topilmaguncha, bunga hech qanday kafolat yo‘q deb o‘ylayman”, dedi UNHCRning Polshadagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha katta koordinatori Aleks Mundt.

XMTning aytishicha, yana 12 million odam janglar shiddatli kechgan joylarda qamalda qolgan yoki ketishni istamayapti.

“Afsuski, transport yo‘llari uzilib qolgani yoki qo‘shni mamlakatlarga xavfsiz yetib borishga imkoni yo‘qligi sababli ko‘plab odamlar keta olmayapti”, dedi XMT vakili Xorxe Galindo Associated Press agentligiga.

Yahudiy guruhlari Xolokostdan omon qolgan zaif odamlarni Ukrainadan olib chiqishga harakat qila boshladi. Ammo har bir qochqinni olib chiqish uchun qutqaruvchilar guruhi zarur.

“Endi men bunkerga yugurish uchun juda qariman. Shuning uchun men kvartiramda qoldim va bombalardan tirik qolish uchun ibodat qildim”, dedi o‘tgan hafta Germaniyadagi qariyalar uyiga ko‘chirilgan nafaqadagi shifokor, Xolokostdan omon qolgan 83 yoshli Tatyana Juravlyova.

"Kelajakda qochqinlar to‘lqini ortishini istisno qila olmaymiz", dedi Polsha chegara xizmati xodimi Mixalska.

Украинага босқин: 20-кун | 3000000 қочқин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:44 0:00

Yordam agentliklari o‘z sa’y-harakatlarini to‘xtatmayapti. Ular Ukrainadan chiqib ketganlarga yordam berishmoqda va qochqinlarning yangi oqimiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

“Putinni nima qilishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Ikki kun oldin Lьvovda sodir bo‘lgan voqealarni hisobga olsa, bu hali beri to‘xtamaydi, deb o‘ylayman. Urush davom etadi, shuning uchun dunyo yangi oqibatlariga tayyor turishi kerak", dedi Mariupoldan qochgan Alina Beskrovna.

50 yoshli Alyona Voronsova poytaxt Kiyevdan qochgan.

"Ko‘pchilik o‘z uylarini tark etishni xohlamaydi, chunki vatan baribir vatan", deydi u.

XS
SM
MD
LG