Линклар

Шошилинч хабар
03 март 2026, Тошкент вақти: 17:05

UNICEF'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari almashdi

BMT Bolalar jamg‘armasi logosi
BMT Bolalar jamg‘armasi logosi

BMT Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasiga Rehina Mariya Kastijio rahbar etib tayinlangan. Bu haqda vakolatxona matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Kastijio xonim Toshkentda ish boshlashdan oldin UNICEFning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalarini boshqargan.

Mulozima BMT Bolalar jamg‘armasida 2016-yildan faoliyat yuritib kelmoqda. Ungacha esa Kastijio xonim Boliviya, Ekvador va Perudagi UNAIDS direktori, Shveysariyada UNAIDS xususiy sektor bilan hamkorlik bo‘limi rahbari lavozimlarida ishlagan hamda BMT Bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimi bo‘lgan.

AQSHdagi G‘arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olgan hamda Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistrlik darajasini olgan Kastijio xonim ispan, ingliz va fransuz tillarida ravon so‘zlasha olishi aytilgan.

Rehina Mariya Kastijiodan oldin UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Munir Mamedzade rahbarlik qilgan. Vakolatxonani 2020-yil avgustidan beri boshqarib kelgan janob Mamedzade Ozodlikka ham bir necha bor intervyu bergan edi.

XS
SM
MD
LG