Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 15:17

Volkswagen va Volvo zavodlari o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Slovakiyadagi Volkswagen va Volvo zavodlari o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilyapti.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Volkswagen shirkati yoshi 18 dan 45 gacha bo‘lgan 240 nafar mutaxassisni ishga olishini bildirgan. Ular premium avtomobillarni ishlab chiqarish, kabel agregatlari, shassi va interyerni yig‘ish, montaj ishlari, diagnostika va avtomobillarni sinovdan o‘tkazish yo‘nalishida ishlashi aytilmoqda.

Rus tilini kommunikativ darajada bilish talab qilinayotgan nomzodlar uch smenada ishlashlari, oylik maosh 1200−1600 yevro orasida ekani aytilgan.

Volvo shirkati esa 150 nafargacha yuk mashinasi haydovchisi ishga olinishini e’lon qilgan.

Yoshi 18 dan 45 gacha bo‘lgan haydovchilardan rus tilini kommunikativ darajada bilish hamda S va Y toifali haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi. Ularga oyiga 1700−2400 yevro miqdorida maosh tashkil etilmoqda.

Joriy yil 2-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimotida O‘zbekistonda bundan buyon chet elda ishlash istagida bo‘lganlarning ishchi vizasi, yo‘l chiptasi, xorijiy til va kasb bo‘yicha malakani baholatishga sarflagan xarajatlari qisman qoplab berilishi aytilgan edi. Tadbir chog‘ida chet tili bo‘yicha xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikat olgan fuqaroga til o‘rganish uchun sarflagan xarajatining 50 foizi qoplab berilishi ham aytilgan.

XS
SM
MD
LG