Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:45

Xitoy uyg‘urlar sabab qator britan fuqarolari va shirkatlariga qarshi sanksiya joriy qildi


Buyuk Britaniyaning Xitoydagi elchisi diplomatik norozilik izhor qilish uchun chaqirtirilgan.
Buyuk Britaniyaning Xitoydagi elchisi diplomatik norozilik izhor qilish uchun chaqirtirilgan.

26 - mart kuni Xitoy Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi qator jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiya e’lon qildi. Bunga rasmiy London Shinjon mintaqasida uyg‘urlar huquqlari toptalayotgani uchun Xitoy rasmiylariga qarshi sanksiya joriy qilgan davlatlar safiga qo‘shilgani turtki bo‘ldi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonot e’lon qilib, g‘arb davlatlari «yolg‘on va dezinformatsiyaga» tayangan holda bunday chora ko‘rayotganini iddao qildi. Bayonotga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning Xitoydagi elchisi diplomatik norozilik izhor qilish uchun chaqirtirilgan.

Xitoy sanksiya joriy qilgan shaxslar va guruhlarga Xitoy hududiga tashrif buyurish hamda Xitoy fuqarolari va muassasalari bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.

Savdo mojarolari, Gonkong demokratiya harakati keskin bostirilgani hamda Shinjonda etnik uyg‘urlar genotsid qilinayotgani tufayli g‘arb mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar sovib ketgan.

Xitoy 2017 - yildan beri Shinjon–Uyg‘ur muxtoriyatida 1 milliondan ortiq uyg‘urni «qayta tarbiyalash lagerlari»da saqlayotgani uchun xalqaro jamoatchilikning keskin tanqidiga va tobora oshib borayotgan sanksiyalarga duchor bo‘lmoqda.

Москвада Хитойнинг Шинжондаги сиёсатига қарши пикетлар ўтказилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:40 0:00

XS
SM
MD
LG