Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:16

Xonqada yo‘lni to‘sgan odamlarga ko‘mir tarqatildi - aholi gaz talab qilmoqda (VIDEO)


Xorazm viloyati Xonqa tumanining gazdan uzib qo‘yilgan aholisi norozilik belgisi sifatida yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Xorazm viloyati Xonqa tumanining gazdan uzib qo‘yilgan aholisi norozilik belgisi sifatida yo‘lni to‘sib qo‘ydi

14 - yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch-Hazorasp avtomobil yo‘lining Xonqa tumani hududidan o‘tuvchi qismi bir guruh fuqarolar tomonidan to‘sib qo‘yilgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi.

22 daqiqalik videoda norozi odamlarning tuman hokimi va gaz ta’minotiga mas’ul rahbarlarning kelishini talab qilayotgani quloqqa chalinadi.

Ozodlikning aniqlashicha, norozilar Xorazm viloyati Xonqa tumanining Sarapayon qishlog‘i, “Paxtagul” mahallasi aholisidir.

Videodagi tasvirlardan 2015 - yildan buyon gaz ta’minotidan butkul uzib qo‘yilgan bu mahallaga suyultirilgan gaz vaqtida yetkazib berilmayotgani anglashiladi.

Norozilar oldiga kelgan Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatov "Paxtagul" mahallasi chekka hudud bo‘lgani uchun Vazirlar Makamasining 2015 - yil, 18 - martdagi qarori bilan gazdan uzib qo‘yilganini aholiga tushuntirishga urinar ekan: "Qaror bilan kesilgan bo‘lsa, gazga ulab bo‘lmaydi. To‘g‘ri tushuning. Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha "Paxtagul" mahallasi suyultirilgan gazga moslashtirilgan", - deydi.

Norozi aholi orasidan esa suyultirilgan gaz ham vaqtida berilmayotgani haqidagi ovozlar eshitiladi.

"Hokim buva, suyultirilgan gaz 45-46 kunda keladi, 20 kunda tamom bo‘ladi", - deydi norozilardan biri.

Xonqa tumani hokimi "men sizlarga suyultirilgan gazni 30 kunda ta’minlab beraman", deyishi bilan aholi "kerak emas, mahalla tabiiy gazga ulansin", degan talabni qo‘yadi.

"Mahallamiz noqonuniy gazdan uzib qo‘yilgan. Hech kim bizni mana, hujjat, uzamiz ,deb ogohlantirgani ham yo‘q. Remont qilamiz deb, xalqni aldab, gazdan uzishdi", - deydi norozilardan biri.

Xonqaning "Paxtagul" mahallasida yashovchi Nuriddin Yusupov Ozodlik bilan suhbatda o‘zi va qo‘shnilari sovuqda gazsizlikdan aziyat chekayotanini aytadi:

"Gaz ballonga 45 kunlab navbat kutamiz. 25 ming so‘mga to‘ldirilishi kerak bo‘lgan gaz ballon 40-45 ming so‘mga tushyapti. Navbat kutaverib, charchadik. Endi mahallani tabiiy gazga ulaysizlar, boshqa gap yo‘q deyapmiz. Kerak bo‘lsa, Toshkentga boramiz, prezidentga arz qilamiz", - deydi Yusupov.

Norozilarga ko‘mir berilgan

Honqa tumani hokimining yordamchisi Ozodlik bilan suhbatda norozilik yuz bergan mahalla aholisi ko‘mir va suyultirilgan gaz yetkazib berilganini aytdi.

"U chekka hudud bo‘lgani uchun tabiiy gazga ulash imkonsiz. Qo‘limizdan keladigan narsa ko‘mir va suyultirilgan gaz. Shu voqeadan so‘ng shu kunning o‘zida "Paxtagul" mahallasiga zudlik bilan ko‘mir olib borib berildi. Raygaz suyultirilgan gaz berdi. Hokimimiz hozir ham shu hududda yuribdi, lekin gaz tarmog‘iga u mahallani ulab bo‘lmaydi", - deydi Xonqa tumani hokimining yordamchisi.

O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda aholining o‘z noroziligini ifodalash uchun yo‘l to‘sishi ko‘p kuzatilmoqda. Aksar hollarda bunday noroziliklar rasmiylarning nazariga tez tushadi va uzoqqa cho‘zilmaydi.

Xonqadagi bu holat so‘nggi bir oy ichida Buxoro viloyatining Buxoro hamda Qorako‘l, Surxondaryoning Muzrabot, Jizzaxning Paxtakor tumanlari hamda Andijon shahri va Farg‘ona viloyatining Qo‘qon hamda Oltiariq tumanlarida aholining gaz muammosi tufayli yo‘l to‘sishi bilan bog‘liq sakkizinchisi bo‘lmoqda.

O‘tgan yili gaz va elektr ta’minotidagi muntazam uzilishlar ortidan Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo va Qoraqalpog‘istonda aholi norozilik bildirib, yo‘llarni to‘sib qo‘ygan edi.

O‘zbekistonning boshqa viloyatlari qatori Xorazmda ham so‘nggi o‘n yilliklar davomida gaz ta’minoti yomonlashdi.

Xorazmlik bloger Hushnud Qurbonov aholi gaz yo‘qligidan meva daraxtlarini ham chopib, o‘tinga aylantirishayotganini aytadi.

"Qurbi yetgan ko‘mir, g‘o‘zapoya yoqadi. Qurbi yetmagani tezak yoqadi. So‘nggi paytlarda odamlar qishdan eson-omon chiqish uchun mevali daraxtlarni ham chopib o‘tin qilyapti, - deydi bloger.

Хоразмлик онахон: газ йўқ, свет йўқ, гуноҳимиз нима?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:50 0:00

Hukumat mamlakat bo‘ylab davom etayotgan energetika inqirozini hal qilish yuzasidan aniq rejasini e’lon qilmagani kabi, uzoq muddatda aholining bu kabi noroziliklari borasida qanday yo‘l tutishi ham noma’lum.

XS
SM
MD
LG