Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:01

Xorijiy agentlar, qiynoqlar va migrantlar. Putin huquq faollari bilan uchrashdi


Putin inson huquqlari bilan bog‘liq barcha masalalar qonunchilik yo‘li bilan hal etilishiga va’da bergan.
Putin inson huquqlari bilan bog‘liq barcha masalalar qonunchilik yo‘li bilan hal etilishiga va’da bergan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 -dekabr kuni Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari kengashi a’zolari bilan uchrashdi. Yig‘ilishda xorijiy agentlar, Rossiya qamoqxonalaridagi qiynoqlar, emlanganlikni tasdiqlovchi QR-kodlar hamda migrantlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Xorijiy agentlar

“Moskovskiy komsomolets” bosh muharriri Pavel Gusev xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun shoshma-shosharlik bilan, jurnalistlar va huquqbonlar hamjamiyati bilan maslahatlashmasdan qabul qilinganiga e’tibor qaratib, hujjatni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi. Jurnalistning takliflaridan yana biri xorijiy agentlar reestriga kiritish vakolatini Adliya vazirligidan sudlarga o‘tkazish va jismoniy yoki yuridik shaxsni bu ro‘yxatga kiritishdan oldin ogohlantirish berishni shart qilib qo‘yish haqida edi. 9 - dekabr kuni “Noviye lyudi” fraksiyasi ayni mazmundagi qonun loyihasini Davlat dumasiga kiritdi.

Putin o‘z javobida biron va’da bergani yo‘q. Prezident muammodan xabari borligini aytib, hujjatni professional hamjamiyat bilan muhokama qilish va “mumkin qadar” kelishib qaror qabul qilish lozimligi haqidagi fikrga qo‘shilishini bildirdi. Shu bilan birga, Putin chet elda Rossiya OAVlari ham shunaqa salbiy munosabatga duch kelayotganini ta’kidladi.

“Ularni sudlarga, so‘roqqa chaqirishyapti, kelmaganlarga qamoq bilan tahdid qilishmoqda. Biz ichki ishlarimizga aralashuvdan o‘zimizni himoya qilishimiz kerak. Bu juda nozik ish, o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni taqazo etadi”, dedi prezident.

Rossiya qamoqxonalaridagi qiynoqlar

Kengash a’zosi Yeva Merkachyova mahkumlarni qiynoqqa solgan Jazoni ijro etish xizmati xodimlarini “mansab vakolatlaridan chetga chiqish”da ayblash amaliyotini bekor qilib, ular uchun maxsus jazo joriy etish taklifi bilan chiqdi. Gulagu.net loyihasi Saratovdagi 1-sonli sil kasalliklari shifoxonasida mahkumlar qanday qiynoqlarga solinayotgani aks etgan videoyozuvlarni e’lon qilganidan so‘ng Merkachyova boshqa huquqbonlar qatorida ushbu muassasani tekshirishda qatnashgan edi. Yig‘ilishda u o‘sha tekshiruv natijalari va mahkumlarga nisbatan qo‘llangan qiynoqlar turlari haqida so‘zlab berdi va Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritishni taklif etdi.

Inson huquqlari kengashi a’zosi, shuningdek, Rossiya qamoqxonalaridagi qiynoqlarga doir barcha jinoyat ishlari tergovini Rossiya Tergov qo‘mitasi markaziy apparatiga topshirishni hamda jazoni ijro etish muassasalari ustidan nazoratni kuchaytirish takliflarini bildirdi.

“Mutlaqo toqat qilib bo‘lmaydigan holat. Yana qanday ta’riflash mumkin bu ishlarni? Aytgan hamma gaplaringiz to‘g‘ri, bu yo‘nalishda izchil ish olibborish va zarur natijalarga erishish kerak”, deya javob berdi Putin Merkachyovaga.

Prezident aytishicha, Federatsiyalar kengashi qonunchilikka “qiynoqqa solish” jinoyati tarkibi tushunchasini mustahkamlovchi o‘zgartishlar kiritish ustida allaqachon ish boshlagan. Putin dastlabki tergov chog‘ida hibsga olishlarni “ko‘p hollarda o‘zini oqlamaydigan ehtiyot choralari” deb atadi, lekin Merkachyovaning boshqa savollarini javobsiz qoldirdi.

Migrantlar

Kengash raisi Valeriy Fadeyev iqtisodiyotning, shu jumladan qurilish sohasining mehnat migrantlariga ehtiyojiga doir ma’lumotlar yo‘qligi haqida hisobot tayyorladi. Putin bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin bunaqa ma’lumotlarni, xususan qurilish sohasi bo‘yicha ehtiyojlarga oid ma’lumotlarni muntazam ravishda yetkazayotganini aytdi.

Prezident mehnat migrantlariga o‘z vatanlarida rus tili va Rossiya qonunchiligini o‘rgatiladigan bo‘lsa, ushbu masalada MDH mamlakatlari bilan hamkorlikda ish olib borish muhimligini bildirdi. Putinga ko‘ra, migrantlar Rossiya qonunlarini buzgan, jumladan mushtlashuvlarda ishtirok etgan taqdirda ularni mamlakatdan badarg‘a qilish kerak.

QR-kodlar

Fedeyev, shuningdek, koronavirusdan davolanib sog‘aygan shaxslarga, agar ularda antitanachalar darajasi yuqori bo‘lsa, QR-kodlar berishga chaqirdi. Inson huquqlari kengashi raisi PZR-testi natijasi manfiy chiqqan kishilarning ishlashiga ruxsat berish, ayni chog‘da test qilish jarayonini bepul qilish va tezlashtirishni taklif qildi.

Putin ushbu masalalarning barchasi qonunchilik yo‘li bilan hal etilishiga va’da berdi.

XS
SM
MD
LG