Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:52

"Yangi O‘zbekiston"da va’da qilingan islohotlar qayerda qoldi?


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik rasmiy tantanasida - Toshkent, 31 - avgust, 2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik rasmiy tantanasida - Toshkent, 31 - avgust, 2021

10 yillik qamoq muddatini o‘tab chiqqan 66 yashar toshkentlik inson huquqlari faoli A’zam Turg‘unov o‘tgan oy qayta saylangan prezident Shavkat Mirziyoyev va’da qilgan islohotlarning aksariyati «pista po‘chog‘i kabi» chetga uloqtirilganini aytadi.

The Diplomat nashri uchun yozgan maqolasida huquq faoli Karimov davridagi kabi inson haqlarini poymol etish davom etayotgani, mustaqil jurnalist va muxolifat faollari hujumlarga uchrayotgani va korrupsiya gullab-yashnayotganini tanqid qilgan.

AQSh hukumati yaqinda e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda sud jarayoni rad etilgan minglab mahbus hanuz qamoqda qolmoqda. Ulardan biri 2006 va 2007 - yillarda matematika fani bo‘yicha yilning eng yaxshi o‘qituvchisi deb topilgan Asad Tursunovdir. U 2008 - yilda soxta ayblovlar bilan 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va hozirgacha qamoqda.

Turg‘unov Mirziyoyev O‘zbekistonida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berayotgan huquq faollari va jurnalistlar hamon nishonga olinayotganini urg‘uladi. Faolning o‘zi ham ozodlikka chiqqanidan beri hukumat amaldorlari kuzatuvi va tahdidlariga duchor bo‘lib kelmoqda. Uning o‘z fuqarolik jamiyati tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazish arizasi hech bir asossiz sakkiz marta rad etilgan.

24 - oktabrda bo‘lib o‘tgan saylovda Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan qayta saylandi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) kuzatuvchilari saylovni erkin va demokratik deya tan olgani yo‘q. YeXHT missiyasining 25 - oktabr kuni e’lon qilingan dastlabki xulosalarida saylovga muxolifat qo‘yilmagani, haqiqiy siyosiy raqobat kuzatilmagani, O‘zbekiston hukumati qator xalqaro majburiyatlarini hanuz bajarmay kelayotgani ta’kidlangan.

Muxolifat va inson huquqlari faoli A’zam Turg‘unov 2017 - yil oktabrida qamoqdan ozod etilgan.
Muxolifat va inson huquqlari faoli A’zam Turg‘unov 2017 - yil oktabrida qamoqdan ozod etilgan.

Ayni paytda hukumat «Yangi O‘zbekiston» va Jahon banki reytingida ko‘tarilgani haqida bong urmoqda. O‘zbekiston rasmiylari Vashington va Yevropa poytaxtlariga tez-tez safar qilib, mamlakatdagi o‘zgarishlari haqida jar solishyapti. Ammo «Yangi O‘zbekiston» va’da qilingan va’dalar va’daligicha qolmoqda. Turg‘unov o‘z maqolasida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda korrupsiya va qashshoqlik chuqurlashgani, sudlar hali ham mustaqil va adolatli emmasligi, militsiya va prokurorlar esa korrupsiyaga botib qolgani haqida yozdi.

Turg‘unov AQSh va boshqa hukumatlarni O‘zbekistonda islohotlar to‘liq amalga oshirilmayotganini urg‘ulashga hamda Toshkentni o‘z va’dalari ustidan chiqishga undashga chorladi.

Мирзиёев иккинчи муддатини журналистни ҳайдашдан бошлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:59 0:00

Shuningdek, faol O‘zbekiston hukumatini siyosiy mahbuslarni va adolatli sudsiz qamalgan minglab diniy mahbusni ozod qilishga hamda nohaq qamalganlarni reabilitatsiya qilishga chaqirdi. Faol o‘z maqolasida hukumat fuqarolik jamiyati erkin faoliyat yuritishiga imkon berishi kerakligini urg‘ulaydi.

XS
SM
MD
LG