Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 03:34

Yaponiyadagi o‘zbek diplomatlari evakuatsiya qilishni so‘rab Karimovga murojaat qildi


Yaponiyadagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi diplomat va xizmatchilari ayollari yordam so‘rab O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga murojaat qildi.

Ayollar nomidan Nigora Usmonovaning prezident Islom Karimovga murojaati matni Centrasia.ru saytida chop etildi.

"Hurmatli Islom Abdug‘aniyevich,

Biz Yaponiyadagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi diplomat va xizmatchilarining ayollari Tokiodagi vaziyatdan juda tashvishdamiz.

Radiatsiya darajasi bu yerda normadan bir necha barobar ko‘p. Vodoprovod suvi tarkibida yod va seziy izotoplarining radioaktiv zarrachalari topildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarida ham shunday.

Do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari yo‘q.

Tokioga chegaradosh tumanlarda radiatsiya miqdori normadan 100 marta ko‘p. Shu kungacha 50dan ortiq davlatning diplomatik vakolatxonalari evakuatsiya qilindi.

Elchi Hamidulla Karamatov diplomatlarga Tokiodagi vaziyat haqida markazga batafsil ma‘lumot berishga ruxsat bermayapti.

O‘zi esa me‘yordan ortiq spirtli ichimlik ichish oqibatida paydo bo‘ladigan sharmanda kasallikdan “davolanish uchun” Toshkentga 23 mart kuni jo‘nab ketgan.

Sog‘ligi keskin yomonlashganidan so‘ng elchixonaning birinchi kotibi G‘oipov ta‘til bahonasida 30 mart kuni bu yerdan jo‘nab ketmoqda.

Diplomatik missiyadagi aksar xodimlar salomatligining yomonlashayotgani kuzatilmoqda.

Mamlakat kelajagi va bolalarimiz haqqi-hurmati¸ tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va tegishli muassasalarda davolanish uchun elchixona diplomatlari va xodimlarini vaqtincha chaqirtirib olish haqida ko‘rsatma berishingizni Sizdan o‘tinib so‘raymiz.

Hurmat bilan elchixona diplomat va xizmatchilari ayollari nomidan¸

Nigora Usmonova" deyiladi mazkur murojaatda.

Hozircha Ozodlik O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi vakillari bilan bevosita bog‘lanishga muvafafq bo‘la olmadi. Ayni paytda¸ bu murojaatga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining qanday munosabatda bo‘lgani ham hozircha mavhumligicha qolmoqda.
XS
SM
MD
LG