Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 11:41

Yashnobod hokimi o‘zini o‘zi siyladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahri Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov o‘zini 61 million so‘mdan ziyod mukofot bilan siyladi.

Daryo.uz nashrining yozishicha, hokim joriy yil 25-oktyabr kuni “Yashnobod tumani mahalliy budjetining 2024-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha shakllangan mablag‘larni xarajatga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan.

Ushbu hujjatda tuman hokimi – 1-sektor rahbari B. Rahmonqulov “Eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgani munosabati bilan mukofotlanishi qayd etilgan. Qarorga xalq deputatlari Yashnobod tumani kengashining 23-oktyabrdagi qarori asos qilib ko‘rsatilgan. E’tiborli jihati, kengash qaroriga ham Rahmonqulovning o‘zi imzo chekkan.

Dastavval hokimlik tomonidan yashirib qo‘yilgan har ikki qaror keyinchalik adliya tomonidan ochib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Daryo.uz ayni paytda Yashnobod hokimligining 16 ta ijro hujjati bo‘yicha 674 million so‘mdan ortiq qarzi mavjudligi, transport vositalari va mulklari taqiqqa olinganiga e’tibor qaratgan.

So‘nggi vaqtlarda vazirlik va hokimliklarning qimmatbaho mashina xarid qilayotgani, katta miqdorda mukofot olayotgani e’tirozga sabab bo‘lmoqda.

Ozodlik avvalroq gardanida 6,6 milliard so‘m qarzi bor Andijon tumani hokimligi 335 million so‘mga Captiva 5T Premler avtomobilini xarid qilgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG