Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:20

Yevrokomissiya TikTok bo‘yicha ikkinchi tekshiruvni boshladi


Yevropa komissiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘iga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi. YK saytida 22-aprel kuni chop qilingan xabarnomaga muvofiq, tekshiruv orqali “shirkat Fransiya va Ispaniyada TikTok Lite ilovasini ishga tushirishda raqamli xizmatlar (Digital Services Act, DSA) to‘g‘risidagi qonunni buzib-buzmaganini baholash” nazarda tutilgan. Bu haqda “Nemis to‘lqini” xabar qildi.

Tekshiruvni boshlashga foydalanuvchilarga TikTok Lite ilovasining ball to‘plash imkoniyatini beruvchi funksiyasi asos bo‘lgan. Yevrokomissiya ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mukofotlash tizimi “yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar” diqqat bilan o‘rganilmasdan ishga tushirilgan, bu yerda gap, xususan, “odatlanib qolish effekti bilan bog‘liq xavf-xatar haqida bormoqda”.

17-aprel kuni Yevrokomissiya TikTok Lite ilovasi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni baholash haqida TikTok'dan hisobot so‘ragan. Shirkatda regulyatorga hujjatlarni taqdim etish uchun bir sutka vaqt bo‘lgan, biroq TikTok vakillari bu ishni amalga oshirishmagan. Endilikda shirkatda xatarlarni baholash bo‘yicha hisobot taqdim etishga yana bir sutka hamda boshqa so‘ralgan ma’lumotlarni berish uchun 3-maygacha muhlat bor.

Agar TikTok bu shartni bajarmasa, Yevropa komissiyasi YI hududida TikTok Lite dasturi faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi yoki shirkatni jarimaga tortishi mumkin.

TikTok shirkati Yevrokomissiya tomonidan boshlatilgan tekshiruv yuzasidan taassuf bildirgan.

Bu qaror bizni umidsizlantirdi — TikTok Lite mukofotlash tizimidan 18 yoshdan kichik bo‘lganlar foydalana olmaydi va videolarni ko‘rish uchun kunlik limit mavjud. Biz Yevropa komissiyasi bilan muhokamalarni davom ettiramiz”, degan shirkat vakili.

XS
SM
MD
LG