Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:44

"10 yil oldingidan yaxshiroq". Freedom House O‘zbekistonda "umid belgilari"ni ko‘rdi


Freedom House ga ko‘ra, umumiyat-la Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi avtoritarligicha qolmoqda.
Freedom House ga ko‘ra, umumiyat-la Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi avtoritarligicha qolmoqda.

AQShda joylashgan Fridom Xaus (Freedom House) inson huquqlari tashkiloti Yevropa va Yevroosiyoda “antidemokratik burilish” sodir bo‘layotganidan ogohlantirdi. Tashkilotga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarda saylangan amaldorlar hokimiyatda qolish uchun demokratik institutlarga putur yetkazmoqda va “alternativ avtoritar boshqaruv”ni targ‘ib qilmoqda.

Tashkilotning “O‘tish davridagi davlatlar” (Nations in Transit 2021) deb nomlangan yillik hisobotida Vengriya va Polsha demokratik printsiplar eng ko‘p buzilayotgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ekani qayd etilgan.

Hisobotda yozilishicha, ushbu ikki mamlakat “so‘nggi o‘n yil ichida kuzatilmagan demokratik tanazzulga uchragan”.

Shuningdek, hisobotda Freedom House baholagan mamlakatlarning aksariyatida ahvol “10 yil oldingidan yomonroq” ekani aytilgan.

Rossiya va Belarus “konsolidatsiyalangan avtoritar rejimlar” toifasiga kiritildi.

“Belarusdagi demokratiya tarafdorlari namoyishlariga qarshi zo‘ravonlik, Kremlning korrupsiyaga qarshi kurashib kelayotgan faol va muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni o‘ldirishga uringani va Rossiya harbiylari yaqinda Ukraina chegarasi bo‘ylab o‘z kuchini ko‘rsatgani ushbu tuzumlar hokimiyatda qolish uchun qo‘l urishga tayyor bo‘lgan choralar ko‘lamini ko‘rsatadi”, deyiladi hisobotda.

Freedom House davlatlarni 7 mezon bo‘yicha baholaydi. Bular milliy boshqaruv, saylov tizimi, fuqarolik jamiyati, mustaqil ommaviy axborot vositalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish, sud mustaqilligi va korruptsiyadir.

Yevroosiyoda o‘tgan yil davomida Armanistonning demokratik reytingi pastlagan.

Gruziyaning reytingi esa 2011 - yilgi holatiga tushib qolgan.

Hisobotda oldingi yillarda demokratik boshqaruv tomon qadam tashlagan Qirg‘iziston prezident Sadir Japarov rahbarligi ostida avtoritarizmga qaytgani aytiladi. Bu yilgi hisobotda mamlakat reytingi so‘nggi inqilob hamda qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasida nizo chiqqan 2010 - yilga nisbatan pastroqqa tushib qolgan.

Freedom House o‘z hisobotida O‘zbekiston va “2020 - yilda eng katta demokratik o‘zgarishlarni boshdan kechirgan” Shimoliy Makedoniyada “umid belgilari” paydo bo‘lganini bildirdi.

“Shimoliy Makedoniya va O‘zbekistonda qilinayotgan sa’y-harakatlar asta-sekin mahalliy darajada ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi, natijada mamlakatlar ballari yaxshilandi. Jumladan, O‘zbekiston tashkilotning siyosiy erkinliklar va internet erkinligi reytingida 2019 - yilga nisbatan bir pog‘ona yuksalgan, demokratiya reytingida esa 2 pog‘ona ko‘tarilgan. Ammo tashkilotga ko‘ra ko‘ra, O‘zbekiston hanuz avtoritar davlat sifatida qolmoqda.

"O‘zbekistondagi islohotlar, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi va sud sohasidagi islohotlar fuqarolar hayotini yaxshiladi, garchi ular demokratiyani rivojlantirishga yoki haqiqiy siyosiy plyuralizm yaratishga qaratilmagan bo‘lsa ham”, deyiladi hisobotda.

ЯНГИ ҚОНУН: Мирзиёев интернетдаги "танқид" ва "ҳақорат"лардан ҳимоя топди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:32 0:00

Shuningdek, hisobotda Bosniya va Gersegovinaning demokratiya reytingi 2006 yildan beri birinchi marta yaxshilangani qayd etildi.

Bunga qaramasdan, Freedom House tashkiloti Yevropa va Yevroosiyo bo‘ylab “demokratiyaning umumiy kuchi” 17 yildan beri pasaymoqda, degan xulosaga keldi.

“Demokratik davlatlar deb tasniflangan mamlakatlar soni hisobot 1995 - yilda birinchi marta e’lon qilinganidan beri eng past darajaga tushib qoldi”, deyiladi hisobotda.

Freedom House tashkilotining Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha tadqiqotlar direktori Jelike Chaki:

“Avtoritarizm bu nafaqat milliy muammo, balki butun mintaqalar va hatto qit’alarga tarqalishi mumkin bo‘lgan illat”, dedi.

“Yevropa demokratiyalari va fuqarolik jamiyati guruhlari avtoritarizm kuchaygan mamlakatlarda demokratiyani dastaklovchi harakatlarni muvofiqlashtirishlari kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.

XS
SM
MD
LG