Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:53

Zo’rTV jurnalistlari gaz-svet muammosi va mitinglarni yoritmaslik haqida ogohlantirildi


Zo’rTV 11 - noyabr kuni namoyish etgan lavhadan gaz talab qilib chiqqan aholi bilan Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyevaning uchrashuvi ham o‘rin olgan - skrinshot
Zo’rTV 11 - noyabr kuni namoyish etgan lavhadan gaz talab qilib chiqqan aholi bilan Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyevaning uchrashuvi ham o‘rin olgan - skrinshot

Zo’rTV xususiy telekanalining joylardagi muxbirlariga aholining gaz-svet taqchilligi va bu kabi muammolardan noroziligini yoritmaslik haqida ko‘rsatma berilgan.

Ozodlikka bog‘langan bir necha jurnalistga ko‘ra, Qarshi tumanida aholining norozilik yig‘ini aks etgan lavha efirga berilgach, tahririyat Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan ogohlantirilgan.

Jurnalistlarga TV rahbariyati yo‘llagan ko‘rsatmada, "AOKA va bir qator idoralar" e’tirozi bois ommaviy yig‘ilishlarni yoritmaslik, zarurat paydo bo‘lsa, norozilar orasidan "bir kishini chetga tortib, alohida intervyu qilish” so‘raladi.

Telekanal ma’muriyati jurnalistlar faoliyati cheklanayotganini rad etdi va aholi murojaatlari o‘rganilayotgani hamda efirga olib chiqilayotganini ta’kidladi.

“Hokim bilan yuzma-yuz”


Zo’rTV xususiy telekanali bilan hamkorlik qilgan mahalliy jurnalistning xabar qilishicha, telekanalning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri 11 - noyabrda efirga uzatgan lavhadan keyin mahalliy muxbirlar faoliyatiga cheklovlar o‘rnatilgan.

“Qarshi tumanida svet-gaz muammosidan norozi odamlarning chiqishi va hokim bilan uchrashuvi Bu kun axborot dasturida ketgan efirga. 11 - noyabr kuni “Hokim bilan yuzma-yuz” degan. O‘shandan keyin boshlandi. Muharrirlari bularga aytgan, aholini ommaviy yig‘ilishlarini efirga olib chiqmanglar, bizga tepadan rosa qattiq gap tegdi, deb”, - dedi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan jurnalist.

U tilga olgan lavhada – Qarshi tumani aholisi va hokimi Maqsuda Mustafoyevaning tortishuvlari aks etgan. Aholi hokimdan tabiiy gaz bilan ta’minlashni, ularning og‘ir ahvolini uylariga borib ko‘rishni talab qiladi. Hokim esa bu masalani respublika rahbariyati hal qilishi mumkinligini aytish bilan cheklanadi.

Hokim yig‘ilganlarga "sizlarning ovozingizni aslida bu darajada ko‘tartirayotgan narsa mana shu matbuotimiz", deyishi ortidan aholining norozi ohangdagi hayqiriqlari eshitiladi.

Muharrir: Topshiriq shunday

Mahalliy jurnalistga ko‘ra, lavha efirga uzatilgach, telekanalning iijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylangan, ammo qisqa fursat ichida olib qo‘yilgan.

26 - noyabr kuni bu lavha telekanal sayti va tarmoqlaridagi sahifalaridan topilmadi. Ammo o‘zbekistonlik jurnalist Ozodlikka tarmoqlardan olingan videolavhani ham taqdim qildi.

Zo’rTVда 11 ноябрь куни эфирга узатилган лавҳа
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00

“O‘sha kuni jurnalistga MXXdan, TV rahbarlaridan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Keyin esa, viloyatlardagi muxbirlar yuborgan lavhalar efirga berilmagan. Kuni kecha o‘sha axborot dasturining muharrirlari jurnalistlarga ana shu lavhadan keyin axborot ko‘rsatuvi tepadan qattiq nazorat qilinayotganini aytishibdi. U jurnalistning lavhalari efirda ketmayapti”, - dedi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan mahalliy jurnalist.

U telekanal muxbirlariga Telegram tarmog‘ida yo‘llangan bir necha ko‘rsatmani Ozodlikka taqdim qildi.

Jumladan, telekanal muharriri yo‘llagan ko‘rsatmada aytilishicha, “AOKA va yana bir qator tashkilotlar” tomonidan aynan Zo’rTV da Qarshidan uzatilgan lavhada norozilik namoyishi ko‘rsatilgan va bu “davlat imijiga minus ta’sir qiladigan holat”, degan e’tiroz bildirilgan.

Muharrir shundan kelib chiqib o‘z muxbirlariga, "50 ta odam yig‘ilgan bo‘lsa ham, bir kishini chetga tortib olib, intervyu qilishni tayinlaydi". Uning so‘zlariga ko‘ra, " topshiriq shunday".

Ozodlik Qarshidan yo‘llangan lavha muallifi – qashqadaryolik jurnalist Ziyovuddin Hasanov bilan bog‘landi. Jurnalist bu borada biror izoh berolmasligini bildirdi.

Zo’rTV telekanalida efirga beriladigan Bu kun axborot dasturi tahririyati vakili Ma’rufxo‘ja Xo‘janqulov, Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz muloqotda AOKA tomonidan cheklov qo‘yilgani yoki ogohlantirish bo‘lganiga oid shikoyatlarni rad etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "aholi murojaatlari o‘rganilmoqda va efirga berilmoqda".

Zor'rTV jurnalistlarining aholi muammolari va norozilik chiqishlarini yoritmaslik to‘g‘risida ogohlantirilgani haqidagi xabar qator mustaqil nashrlarga o‘xshash mazmunda rasmiy Ogohlantirish xati yuborilgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

26 va 27 - noyabr kunlari Kun.uz, Gazeta.uz, Podrobno.uz va Daryo.uz nashrlari Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Asadjon Xodjayevning Ogohlantirish xati va unga tahririyat javobini e’lon qildi.

Mustaqil nashrlar tanqidiy chiqishlar uchun "jiddiy huquqiy oqibatlardan" ogohlantirgan AOKAni o‘zlariga bosim o‘tkazishga urinishda ayblamoqda.

XS
SM
MD
LG