$2,5 mlrd.ga quriladigan Jizzax neft zavodi qaysi neftni qayta ishlaydi?

Mutaxassislarga ko‘ra¸ O‘zbekistondagi ikki neftni qayta ishlash zavodidan biri bo‘lgan Farg‘ona zavodi¸ qayta ta’mirga muhtoj.

Prezident Mirziyoev 27 aprel kuni Jizzax viloyatiga qilgan safari doirasida Zafarabod tumanida neftni qayta ishlash kompleksi tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Aytilishicha, 2 milliard 200 million dollarlik mazkur loyiha barpo etilganidan so‘ng yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlaydi.

Ozodlik bilan suhbat muqaddimasida “O‘zbekneftegaz” kompaniyasi sobiq rahbarlaridan biri¸ iqtisod fanlari doktori Anvar Husainov¸ neft taqchil mamlakatda yangi qurilajak bu zavod qaysi neftni qayta ishlaydi¸ degan savolga javob berdi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Anvar Husainov bilan suhbat