Tojikiston bozorlarida "ilik uzildi": mahalliy sabzavot yo‘q, import qimmatlab ketdi (VIDEO)

Ob-havoning yomonlashib ketgani va Tojikistonga mahsulot olib kelinadigan asosiy yo‘llarning yopilishi import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining narxiga ta’sir ko‘rsatdi.

Tadbirkorlarning xabar qilishicha, hozircha mamlakat bozorlariga mahalliy issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulotlar sotuvga chiqqani yo‘q. Odatda har yili fevralning so‘nggi kunlarida mahalliy fermerlar tomonidan yetishtirilgan sabzavot bozorlarni to‘ldirib, import mahsulotlarini siqib chiqarar edi.

Poytaxtdagi “Mexrgon” bozorida sabzavot sotish bilan shug‘ullanadigan Rayhon Burxonovaning so‘zlariga qaraganda, har yili birinchi bo‘lib Vaxsh vodiyisida yetishtirilgan sabzavot olib kelinardi.

«Fermerlarning xabar qilishicha, bu yil issiqxonalarda sabzavotga kasal tekkan, shu sababli issiqxonada yetishitirilgan mahsulotlarning birinchi partiyasi ikki haftadan keyingina bozorlarga chiqariladi», - deydi Burxonova.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Тожик бозорларида импорт сабзавотлар нархи ошиб кетди

Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda Samarqanddan olib kelingan bir kilogramm pomidor 25 somoni, Xitoydan olib kelingani esa - 23 somoni turadi, Qirg‘izistondan olib kelingan mahsulot biroz arzon – 20 somoni, Tojikistonning o‘zida yetishtirilgan pomidorlar esa 18 somoni (2 dollarga yaqin) ga sotilmoqda.

Tojikiston bozorlarining katta qismini import sabzavot mahsulotlari egallab olgan, mamlakatga meva-savbzavot olib kelinadigan mamlakatlar ro‘yxati kengayib bormoqda. Qimmatligi bois ko‘plab xaridorlar import sabzavotlarni sotib olishdan voz kechmoqda va peshtaxtalarda mahalliy bodring va pomidorlarning paydo bo‘lishini kutmoqda.