Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:21

OzodMikrofon: "Yakkabog‘da yoshi 80 dan oshganlarga 5 oydan beri pensiya berilmayapti"


Pensiya va nafaqalarning naqd qismini olish uchun o‘zbekistonlik qariyalar bugunga kelib oylab navbat kutmoqda.
Pensiya va nafaqalarning naqd qismini olish uchun o‘zbekistonlik qariyalar bugunga kelib oylab navbat kutmoqda.

Ozodlikning “Erkin mikrofoni”ga murojaat qilganlardan birining iddao qilishicha¸ Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tuman "pochta bo‘limidagi naqd pullar pochta rahbarlari va hokimiyat vakillari tomonidan talon-taroj qilingan. Oqibatda¸ kuchayib borayotgan naqd pul taqchilligi munosabati bilan O‘zbekistonda pensiya va nafaqasini naqd pulda olishga ruxsat berilgan yagona guruh – nogiron va yoshi 80 dan oshgan qariyalar besh oydan beri mutlaq pulsiz qoldirilgan".

Ozodlikka murojaat qilgan yakkabog‘lik 1-guruh nogironi Nurmamat Zaurievning yaqinlari mahalliy sud pochtadan o‘g‘irlangan pullarni joyiga qaytarib¸ uni haqiqiy egalariga berish haqida hukm chiqarganiga qaramay¸ bu qaror ijro etilmayotganidan shikoyat qildi:

- Bir milliard so‘mdan ko‘proq nafaqa va pensiya pullarini pochta boshlig‘i va avvalgi hokim birgalashib yo‘q qilib yuborishgan. Sud bu pulni undirish va egalariga qaytarish haqida hukm chiqargan. Lekin besh oydan beri bu hukmni ijro qiladigan yo‘q. Hokimiyat¸ prokuratura “kuting¸ bo‘ladi” deyishdan nariga o‘tmayapti. Nogiron va qariyalar qaysi pul hisobiga kun ko‘rishi kerakligini bizga aytishsin unda¸ deydi Ozodlikka bog‘langan Zauriev yaqinlaridan biri.

Muhim eslatma: 1-guruh nogironi Nurmamat Zaurievning yaqinlaridan biri aytayotgan bu ma’lumot - OzodMikrofon eshittirishi beradigan imkoniyat doirasida aytilgan gap, xolos. Ozodlikda, hozircha, bu iddaoning rasmiy tasdig‘i yo‘q.

5-oydan beri pensiyasiz yashayotgan 1-guruh nogironining akasi bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Беш ойдан бери нафақасиз қолган ногироннинг акаси билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:13 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Yakkabog‘ tuman "pochta bo‘limidagi talon-tarojlik va ijtimoiy muhofazaga eng muhtoj bo‘lgan nogiron va qariyalar tushib qolgan ayanchli vaziyat"ni kelgusida yaqindan o‘rganishga harakat qiladi.

Bu jarayonga oid tafsilotlar Sizga ma’lum bo‘lsa¸ ularni Ozodlik bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG