Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:14

AQSh Iroqda jangovor amaliyotlarni yakunlamoqda


Iroqdagi amaliyotlar yakunlanganiga qaramay, bu mamlakatda 50 ming AQSh harbiysi qoldiriladi.
Iroqdagi amaliyotlar yakunlanganiga qaramay, bu mamlakatda 50 ming AQSh harbiysi qoldiriladi.
AQSh Iroqdagi jangovor amaliyotlarni bugun yakunlaydi. AQSh prezidenti Barak Obamaning Iroqda jangovor amaliyotlar nihoyasiga yetganini rasman e’lon qilishi va kelajakda AQShning Iroqdagi vazifalari haqida ma’ruza qilishi kutilyapti.

Yetti yarim yil ilgari Qo’shma Shtatlar Iroqda Saddam Husayn rejimini ag’darish uchun boshlagan harbiy amaliyotlar 31 avgust kuni rasman yakunlandi.

Seshanba kuni AQSh prezidenti Barak Obamaning Iroqda jangovor amaliyotlar nihoyasiga yetganini rasman e’lon qilishi va kelajakda AQShning Iroqdagi vazifalari haqida chiqish qilishi kutilyapti.

Obama 2003 yil mart oyida Iroqqa qo’shin kiritilishiga qarshi chiqqan va Amerika harbiylarini Iroqdan olib chiqish prezident Obamaning saylovoldi rejalaridan biri edi.

- Prezidentlikka nomzod o’laroq, men urushni to’xtatishni va’da qilgan edim. Endilikda prezident o’laroq, men buni qilyapman. Oq uyga kelganimdan buyon 90 ming askarimiz uyiga qaytdi. Yuzlab bazalarni iroqliklar ixtiyoriga topshirdik va mamlakatning ko’pgina qismida xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’uliyat allaqachon iroqliklarga o’tgan,- dedi Obama.

Iroqdagi jangovar amaliyotlar 31 avgustdan yakunlanishi aytilayotgan bo’lsada, kelasi yilning oxirigacha 50 mingga yaqin amerikalik harbiy Iroqda qoladi.

Ular Iroq qo’shinlariga maslahat berish, mahalliy harbiylarni tayyorgarlikdan o’tkazish kabi ishlar bilan mashg’ul bo’lishlari aytilmoqda.

Amerika Qo’shma Shtatlari va Iroq o’rtasidagi kelishuvga binoan, amerikaliklar keyingi yil oxirida mamlakatni butkul tark etishi lozim.

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Iroqda jangovor amaliyotlar rasman yakunlanishi marosimida qatnashish uchun Bag’dodga keldi.

Janob Bayden bugun Iroq bosh vaziri Nuri al Malikiy bilan uchrashadi. So’zlashuvlarda mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash mas’uliyatini iroqliklarga berish jarayoni muhokama etiladi.

Shuningdek, Bayden Qo’shma Shtatlar Iroqni butunlay tark etmayajagi, Vashington bu davlat bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini saqlab qolish niyatida ekanini Iroq rahbariyatiga yetkazish niyatida.
XS
SM
MD
LG