Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:42

Sizdan ugina, bizdan bugina...


Qirg‘iziston chegarachilari 21 avgust kuni O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi zobitlarini bezorilikda ayblab, hibsga olgan edi. 31 avgust kuni O‘zbekiston chegarachilari ham qirg‘izistonlik hamkasblarini davlat chegarasini buzib o‘tish va bezorilikda ayblab, qo‘lga oldi.

RIA Novosti agentligining xabar qilishicha, O‘zbekiston chegarachilari Botken viloyati Aydarkon tumani chegara xizmati rahbarlari bilan muzokaralar paytida ularni qo‘lga olib, noqonuniy tarzda ushlab turgani haqida Botken viloyatining mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i ma‘lum qilgan.

Qo‘lga olingan qirg‘iz chegarchilari polkovnik Ziyadillo Begmatov va podpolkovnik Ismatillo Anarboyevlar o‘zbek hamkasblari bilan O‘zbekistonning So‘x va Shoximardon anklvalari orqali tranzit korridorini ochish masalasini muhokama qilgani neytral zonaga kelishgani aytiladi RIA Novosti xabarida.

Qirg‘iziston chegara xizmati zobitlari qo‘lga olinganini O‘zbekiston hukumati ko‘z qarashlarini aks ettiruvchi press-uz.info saytida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini muhofaza qilish qo‘mitasi e‘lon qilgan xabarnomada ham tasdiqlangan.

O‘zbekiston tomoniga ko‘ra, qirg‘iz chegarachilari bilan muzokaralar olib borilganiga oid xabarlar haqiqatdan yiroqdir. Chunki, deyiladi press-relizda, O‘zbekiston mustaqilligining bayram qilinishi munosabati bilan qo‘shni mamlakatlar chegarachilari bilan bunday muzokaralarni o‘tkazish 25 avgustdan to‘xtatib qo‘yilgan.

O‘zbekiston MXXsiga ko‘ra, Qirg‘iziston maxsus xizmatlarining kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i polkovnik Begmatov Ziyadillo Abdisatarovich va Aydarkon chegara punkti boshlig‘i podpolkovnik Anarbayev Ismatilla Abibillayevich 31 avgust kuni O‘zbekistonning Farg‘ona tumaniga qarashli Vadil aholi yashash punktidagi “Yaxshi niyat” choyxonasiga tushlik qilgani kirgan va alkogol ichimliklarini ist‘emol qilib, mast holatda mahalliy fuqarolar bilan mushtalashgandan keyin qo‘lga olingan.
Ularga nisbatan bir guruh shaxslar tomonidan davlat chegarsining buzilishi, hukumat vakillariga qarshilik ko‘rsati va bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimi va Bojxona qo‘mitasining uch nafar zobitini qo‘lga olgan edi.

Ularning hibsga olinishi noqonuniy ekanini bayon qilgan o‘zbekistonlik advokat Feruza Valiyeva press-uz.info agentligiga bergan suhbatida Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarolarining har biri uchun 2500 AQSh dollari, jami 10000 dollar talab qilayotganini ta‘kidlagan edi.

Qirg‘iziston tomoni O‘zbekiston harbiylarini bezorilikda ayblagan bo‘lsa, O‘zbekiston rasmiylari MXX va Bojxona qo‘mitasi zobitlari o‘zlarning xizmat vazifasini o‘tayotganida hibs etilganini aytib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG