Линклар

Шошилинч хабар
18 июн 2025, Тошкент вақти: 02:04

AQShdagi nasroniy cherkovi Qur‘onni yoqish rejasidan voz kechmadi


AQShdagi cherkov vakillarining Qur‘oni Karimni yoqish rejasi ko‘plab musulmonlarning, jumladan, afg‘onistonliklarning norozi namoyishiga chiqishlariga sabab bo‘ldi.
AQShdagi cherkov vakillarining Qur‘oni Karimni yoqish rejasi ko‘plab musulmonlarning, jumladan, afg‘onistonliklarning norozi namoyishiga chiqishlariga sabab bo‘ldi.

AQSh hukumati, harbiylari va din ulamolari chaqirig‘iga qaramay, Florida shtatining Geynesville shaharchasidagi atigi 50 a‘zosi bo‘lgan “Dove World Outreach” cherkovi pastori va qavmi 2001 yil 11 sentyabrda uyushtirilgan hujumlarning 9 yilligini xotirlab, musulmonlarning muqaddas Qur‘on kitobini yoqish rejasidan voz kechishni istamayapti.


AQSh hukumati va Pentagon rasmiylariga ko‘ra, bunday provokatsiya amerikaliklar hayotini tahlika ostida qoldirishi mumkin.

Afg‘onistondagi AQSh va NATO kuchlari qo‘mondoni general Devid Petreus 7 sentyabr kuni e‘lon qilgan bayonotda musulmonlarning muqaddas kitobini yoqish AQSh uchun nafaqat Afg‘onistonda “jiddiy muammolar yaratishi”, balki islomiy jamoalar bo‘lgan dunyoning barcha yerida amerikaliklarga tahdid paydo qilishini ta‘kidlagan.

Prezident Barak Obama ma‘muriyati, AQSh armiyasi rasmiylari bu cherkovni o‘z rejasidan voz kechishga chaqirgan.

Cherkov pastori Terri Jounez AQSh hukumatining vaziyatini tushunishini, ammo muqaddas kitobni yoqish yoki yoqmaslik haqida o‘ylayotganini aytdi.

Amerikadagi nasroniy va yahudiy liderlar ham Florida shtatidagi bu cherkovning rejasiga qarshi chiqib, uni diniy erkinlikka qarshi hujum, deya baholadilar.

Seshanba kuni kechki payt AQSh Davlat departamentida tashkillashtirilgan iftorlikda so‘zlagan Davlat kotibi Hillari Klinton cherkov pastorining muqaddas Qur‘onni yoqish rejasini “hurmatsizlik” va “sharmandalik”, deya atadi.

AQSh Davlat departamenti matbuot vakili Filip Krouley AQSh fuqarolari so‘z erkinligi huquqiga ega ekanini, ammo muqaddas Qur‘onni yoqish AQShning diniy bag‘rikenglik qadriyatiga zid ekanini aytdi.

- Dunyo jamoatchiligi bizni atigi 50 nafar safdoshi bo‘lgan bitta pastorning xatti-harakatiga qarab emas, balki kelib chiqishimizda muhim bo‘lgan qadriyatlarimizga qarab baho beradi, degan umiddamiz. Biz 2001 yil 11 sentyabr voqealari uchun bir nechta mamlakat yoki bir dinni ayblamadik. Biz, dunyo jamoatchiligi Florida shtatining bir chekkasidagi bitta unsurning xatti-harakatiga qarab AQShni ayblamaydi, degan umiddamiz, dedi Davlat departamenti rasmiysi.

Geynesville shaharchasi rasmiylari cherkovga muqaddas Qur‘onni yoqishni ta‘qiqlagan.

Agar cherkov o‘z qaroridan qaytmasa, bu shahar rasmiylari ta‘qiqiga zid xatti-harakat bo‘lishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG