Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:36

O‘shlik deputat Dilshod Mo‘minov ochiqqa chiqarildi


Dilshod Mo‘minovga qarashli kafelar O‘sh qirg‘inida talon-taroj qilingan.
Dilshod Mo‘minovga qarashli kafelar O‘sh qirg‘inida talon-taroj qilingan.

Ikki oydan ortiq hibsxonada saqlangan, O‘sh qirg‘ini payti qurollangan guruh tashkil etganlikda ayblangan O‘sh shahar kengashi deputati Dilshod Mo‘minov shartli ravishda bir yilga ozodlikdan mahrum etildi va sud zalidan ozod etildi. Aytib o‘tish kerakki, O‘sh qirg‘ini paytida Dilshod Mo‘minovga qarashli mol-mulk talon- taroj qilingan edi.


O‘sh viloyat sudining kollegiyasi deputat Dilshod Mo‘minovni o‘qotar qurolni beparvo saqlaganlikda aybdor deya topgan.

Dilshod Mo‘minovning himoyachisi Nazgul Suyunbayevaga ko‘ra, o‘z himoyasi ostidagi Mo‘minovga qo‘yilgan ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi modda bo‘yicha sud oqlov hukmi chiqargan.

O‘sh shahar kengashi deputati Dilshod Mo‘minov 1969 yilda tug‘ilgan. O‘sh shahrida tadbirkorlik bilan shug‘ullangan Mo‘minovning “Gulnoza” hamda “Qashqar” nomli kafelari bo‘lgan.
- Ayni paytda Dilshod Mo‘minov bir yilga shartli ravishda kesilgan va hozirda qarindosh-urug‘lari oldida, - dedi himoyachi Nazgul Suyunbayeva.

19 avgust kuni Qorasuv tuman sudi qarori bilan unga oqlov hukmi chiqarilgan edi. Biroq hibsdan ozod etilmagan edi.

13 iyuldan buyon hibsda saqlanayotgan deputat Mo‘minov ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan edi.

Dilshod Mo‘minovga dastlab qurollangan guruhni tashkil etganlik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Keyinchalik uni ommaviy tartibsizliklarda qatnashganlikda ayblashgan.

Bu inshootlar O‘sh qirg‘ini boshlangan paytda talon-taroj qilingan, bir qismi yoqib yuborilgan.

Dilshod Mo‘minovning onasi “Ozodlik” bilan suhbatda o‘g‘lining sog‘ligi qoniqarli ekanligini, ozod etilganligidan xursandligini bildirdi.
XS
SM
MD
LG