Tojikistondagi “terror hujumida” o‘nlab askar nobud bo‘ldi
Tojikiston Mudofaa vazirligining matbuot kotibi Faridun Mahmadaliyev Frans press axborot agentligiga 19 sentyabr kuni tushdan keyin Tojikiston sharqida uyushtirilgan hujum oqibatida Mudofaa vazirligining 23 askari halok bo‘lgani”ni aytdi.
Mahmavaliyevning aytishicha, 19 sentyabr ertalab Kamarova dovonidagi Shulmak va Shulei qishloqlarida joylashgan hukumat harbiylariga “Ural” rusumidagi yuk mashinasida kelgan noma‘lum qurollangan guruh hujum uyushtirgan.
Tojikiston rasmiylarining taxminga ko‘ra, amalga oshirilgan hujum avgust oyida Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining vaqtincha saqlash hibsxonasidan qochgan terrorchilarning ishi.
Ayni paytda bazi axborot vositalarida Tojikiston armiyasiga tegishli harbiy kolonna granatamyot va avtomatlardan o‘qqa tutilgani oqibatida kamida 40 nafar harbiy nobud bo‘lgani bildirilgan.
Maxfiy xizmat xodimlari fikricha, hujumga dala qo‘mondoni Mulo Abdullo aloqador bo‘lishi mumkin.
Tojikiston rasmiylari hujum uyushtirilgan mintaqaga armiyaning qo‘shimcha kuchlarini jo‘natgan.